Qozoğiston Suv resurslari va irrigatsiya vazirligi Özbekiston suğoriş mavsumi tugaguniga qadar Qozoğistonga yana 500 million kub metr suv berişini ma’lum qildi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 1 apreldan buyon Özbekiston Sirdaryo orqali Qozoğistonga 4 milliard kub metrdan ortiq suv berdi. Bungaça Suv resurslari va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov Özbekiston bilan olti oy içida Sirdaryo orqali Qozoğistonga 3,7 milliard kub metr suv beriş böyiça kelişuvga erişgan edi. Natijada Özbekiston tomoni bu majburiyatni 4 oy içida bajardi.
«Bu işlarning barçasi Qozoğiston janubiy viloyatlari fermerlarining suğoriş suviga bölgan talabini töliq qondiriş maqsadida amalga oşirilmoqda. Bugungi kunda Çordara suv omborida 1,5 milliard kub metr suv mavjud bölib, bu ötgan yilga nisbatan qariyb 500 million kub metrga köpdir. Çordara suv omboriga jami 4 milliard kub metr suv kelib tuşdi», deyiladi xabarda.
Çordara suv omboridan Sirdaryoning quyi oqimiga 4,5 milliard kub metr suv oqizildi. Bu ötgan yilga nisbatan 1 milliard kub metrga köpdir. Qizilqum kanaliga 850 million kub metr, Şimoliy Orol dengiziga 590 million kub metr suv yetkazildi.
«Qöşnilarimiz bilan Töqtoğul va Bahri-Tojik suv omborlarining iş tartibi böyiça dastlabki kelişuvga erişilgani natijasida «Döstlik» davlatlararo kanalining Qozoğiston qismiga suv muntazam ravişda oqib kelmoqda. Endi bu kanal orqali mamlakatga sekundiga 90 kub metr suv keladi. Bu Turkiston viloyati fermerlarini suğoriş suvi bilan töliq ta’minlaş uçun yetarli», dedi Suv resurslari va irrigatsiya vazirligi rasmiy vakili Möldir Abdualiyeva.












