8 avgust kuni AOKAda Bilimlarni baholaş agentligi ommaviy axborot vositalari iştirokida matbuot anjumani ötkazdi. Unda nega abituriyentlarga test tuziladigan adabiyotlar röyxati töliq e’lon qilinmasligi muhokamaning asosiy mavzusi böldi.
Agentlik boşqarma boşliği Zafarbek Olimov test tuziladigan adabiyotlar röyxatini e’lon qiliş agentlikning funksional vazifasiga kirmasligini aytdi. Uning fikriça, buni Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi amalga oşirişi kerak.
“Biz adabiyotlar röyxatini e’lon qilyapmiz. Bu sansalorlik emas. Aslini olganda biz abituriyentlar uçun harakat qilyapmiz. Garçi bu bizning vazifamiz bölmasa-da, abituriyentlarga yengillik bölişi uçun buni e’lon qilyapmiz”, – dedi u.
Olimovning izohiga aniqlik kiritiş uçun Kun.uz muxbiri Bilimlarni baholaş agentligi test tuzuvçi va oluvçi taşkilot böla turib, nega qaysi kitoblardan test tuzişini aytmoqçi emasligini söradi.
Olimov öz gapi muxbir tomonidan xato talqin qilinayotganini ta’kidlab, fikrini quyidagiça tuşuntirdi.
“Hozir biz dasturni asos qilib körsatyapmiz, çegara bor. Aytaylik, siz öquv dasturini olib qarasangiz, şu dasturda mavzular belgilangan. Şu mavzularni öquvçi maktab darsligidan öqiydimi yoki akademik litseylar talabalari uçun tayyorlangan darslikdan öqiydimi farqi yöq. Lekin maktab ta’limini olgan bola uçun oliy ta’lim savollari şakllantirilmaydi heç qaçon.
Keyin yana bir narsani inobatga olişingiz kerak, bitta narsani gapirayotganda bir detalni uzib olib turib, unga baho beriş kerak emas. Öşa jarayonni yaxlit tahlil qilinglar. Çunki savollar butun yil davomida şakllantiriladi. Biz yanvar, mart, aprel va may oyining birinçi ön beş kunligida aprobatsiya ötkazamiz. Va şu joyda ilmiy tahlil olib boriladi. Ilmiy tahlilga köra test topşiriği talabiga mos kelmagan testlar bazadan çiqarib yuboriladi. Bu esa öz-özidan heç kimga körsatmasdan, aytmasdan tanlab olinyapti degani emas”, – dedi Olimov.
Muxbir Olimov aytayotgan çegara qayerda tugaşi, öquv dasturiga köp ma’lumot kiritilgani, abituriyent uning hammasini yodlab qololmasligi, nega şu paytgaça bu aniq qilib belgilab qöyilmagani haqida söradi.
Mas’ul bu çegara öquv dasturida belgilangani, öquv dasturida boblar, bölimlar mavjudligini aytdi. “











