Qozoğiston çegara yaxlitligiga tajovuz qilmaslik kerakligi haqidagi pozitsiyasini özgartirmaydi. Bu haqda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev «Egemen Qazaqstan» gazetasida çop etilgan maqolasida ma’lum qildi.
«Nafaqat Markaziy Osiyoda, balki qöşni mintaqalarda ham tinçlik va barqarorlikni saqlaş uzoq muddatli farovonlik va taraqqiyotning muhim şartidir. Qozoğiston taşqi siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri bu muvozanatni saqlaşga intilişdir. Biz doimo «Tinçlik hamma narsadan qadrli» degan tamoyilga amal qilamiz. Qozoğiston jahon hamjamiyatining mas’uliyatli a’zosi sifatida xalqaro huquq tamoyillariga qat’iy rioya qiliş, suverenitetni hurmat qiliş va çegaralar yaxlitligiga tajovuz qilmaslik zarur, deb hisoblaydi. Işonç bilan ayta olamanki, Qozoğiston bu fikriga qöşiladigan davlatlar köp. Köpgina mamlakatlarning pozitsiyalari öxşaş. Bularning barçasi adolatli va başorat qilinadigan dunyo tartibini örnatişga asoslangan. Bu pozitsiya bugungi notinç zamonda kelajakka konstruktiv qaraşni şakllantirişga zamin yaratadi», deb yozdi Töqayev.
Qozoğiston rahbarining eslatişiça, uşbu mintaqa yaqinida murakkab harbiy-siyosiy vaziyat hamon mavjud.
«Markaziy Osiyo atrofida murakkab harbiy-siyosiy vaziyat saqlanib qolayotgan hozirgi şaroitda mudofaa siyosati va xavfsizlik sohasida birgalikda harakat qiliş zarurati paydo böldi. Mintaqaviy xavfsizlik tizimini yaratiş, jumladan, Markaziy Osiyo xavfsizligi bilan boğliq muammolar röyxatini işlab çiqiş va ularning oldini oliş çoralari juda dolzarbdir. Markaziy Osiyoda yagona xavfsizlik makonini yaratiş, mavjud va yangi paydo bölayotgan tahdidlarga qarşi kuraşiş bilan boğliq asosiy muammolarni hal qilişda kompleks yondaşuvlarni körib çiqiş, ularning oldini oliş va tahdidlar yuzaga kelganda köriladigan çora-tadbirlar haqida fikr yuritiş, şuningdek, bu borada BMT va boşqa xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlik qiliş, mintaqaviy taşkilotlar bilan faol hamkorlikni yölga qöyiş mintaqa davlatlarining ustuvor yönalişi hisoblanadi», deyiladi maqolada.

















