Amerikaning Apple kompaniyasi iPhone 16 seriyali smartfonlarini ommaviy işlab çiqarişni yölga qöydi. Bu haqda Koreyaning ET News naşri xabar berdi. iPhone 16 smartfonlarining rasmiy taqdimoti sentabr oyida ötkaziladi.
Manbalarning xabar berişiça, Apple kompaniyasining janubiy koreyalik hamkorlari – Samsung Display va LG Display – OLED panellari işlab çiqarişni kengaytirgan. Naşrning ta’kidlaşiça, bu Apple yangi iPhone ekranlarini yiğiş uçun köp miqdorda old panellarga muhtoj bölayotganini anglatişi mumkin.
Apple 90 million yangi telefon çiqarişi kutilmoqda. Şu bilan birga, Samsung Display va LG Display korporatsiyani 120 million panel bilan ta’minlaydi. Buyurtmaning katta qismi – 80 million OLED panel – Samsung Display tomonidan yetkaziladi. Ta’minotning bir qismi uçun BOE ham mas’ul hisoblanadi, uning panellari hozir işlab çiqariş boşlanişidan oldin Apple tomonidan sinovdan ötkazilmoqda.
ET News naşri xulosasiga köra, ommaviy işlab çiqarişning boşlanişi Amerika IT giganti yangi gadjetlarni öz vaqtida e’lon qiliş niyatida ekanini bildiradi. Apple sentabr oyida iPhone 16 smartfonlarini taqdim etişni rejalaştirmoqda.












