Boks böyiça Özbekiston erkaklar jamoasi ham öz iştirokini muvaffaqiyatli boşladi.

Olimpiada öyinlarining ikkinçi kungi bahslari doirasida özbekistonlik boksçi Lazizbek Mullojonov (-92 kg) turnirdagi dastlabki jangini ötkazdi. Jamoa vakillari orasida birinçi bölib ringga kötarilgan Lazizbek Mullojonov 1/8 finalda jahon çempionati sovrindori va Yevropa çempioni, italiyalik Aziz Abbos Muhiddin bilan bellaşdi.

U dastlabki raunddayoq 4:1 hisobida ustun keldi, ikkinçi va uçinçi raundlarni ham öz foydasiga hal qildi.

Şu tariqa, Mullajonov umumiy hisobda 4:1 hisobida ustun kelib çorakfinalga yöllanma oldi.

Yarimfinal yöllanmasi uçun bahs 1 avgust kuni bölib ötadi.