Olimpiada boks bahslarida özbekistonlik yana bir çarmqölqop ustasi yarimfinal bahsida ringga çiqdi.

-92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullojonov tojikistonlik Davlat Boltayevga qarşi jang qildi. Yarimfinal bahsining uç raund yakunlariga köra (4:1), özbekistonlik boksçi qöşni mamlakat sportçisidan ustun keldi.

U jang davomida, ikkinçi raundda raqibni nokdaun holatiga ham tuşirib qöydi.

Şu tariqa, Hasanboy Dösmatov ortidan Lazizbek Mullajonov ham Olimpiada oltin medal uçun kuraşadigan böldi.

Lazizbek Mullojonov Parijdagi turnirni italiyalik Aziz Abbosni mağlub etiş orqali boşlagandi (4:1), çorakfinalda esa braziliyalik Keno Maşado tösiğidan ötildi (5:0).

Endi u 10 avgust kuni, asli kubalik bölgan, xalqaro turnirlarda Ozarboyjon nomidan iştirok etadigan Alfonso Domingezga qarşi oltin medal uçun jang qiladi.

Özbekiston boks jamoasining yana uç vakili – Abdumalik Xalokov, Asadxöja Möydinxöjayev va Bahodir Jalolov yarimfinalga çiqişgan.

Ular öz janglarini 6-8 avgust kunlari ötkazişadi.

6 avgust. 00:30
-71 kg: Asadxöja Möydinxöjayev – Omari Jones (AQŞ)

7 avgust. 01:00.
+92 kg: Bahodir Jalolov – Nelvi Roman Tiafak (Germaniya)

8 avgust. 00:30.
-57 kg: Abdumalik Xalokov – Çarliye Senior (Avstraliya)