8 avgust kuni Özbekiston elçixonasining konsullik bölimi xodimlari Rossiya Içki işlar vazirligining Moskva viloyati Odinsovo şahar okrugidagi boşqarmasida bölişdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Içki işlar vazirligining Odinsovo şahar okrugidagi 5-politsiya bölimida 4 kundan ortiq vaqt davomida 15 nafar Özbekiston fuqarolari noqonuniy uşlab turilganligi haqida video-material tarqatilgan edi.

Taşrif davomida politsiya bölimida 15 nafar Özbekiston fuqarosi borligi aniqlandi, ular ötkazilgan reyd natijasida hibsga olingan. Vatandoşlar Moskva viloyati hududida, tegişli ruxsatnomalarni rasmiylaştirmasdan mehnat faoliyati bilan şuğullanganlari ma’lum böldi.

9 avgust kuni uşbu fuqarolar mamlakatdan çiqarib yuboriş uçun Rossiya Içki işlar vazirligining Moskva viloyati boş boşqarmasi çet el fuqarolarini vaqtinça saqlaş markaziga joylaştirildi.