Rossiyada Signal messenjeri foydalanuvçilari servis işida uzilişlar kuzatilayotganidan şikoyat qildi. «Sirena» öquvçilarining aytişiça, Signal’ga kirişdagi muammolar 9 avgust tongidan boşlangan.
Messenjerga VPN’siz yoki bloklaşni aylanib ötiş rejimini yoqmasdan turib kirib bölmayapti. «Vajniye istorii» internet naşrining yozişiça, Rossiyada servisni bloklaş boşlangan.
Internet himoyasi jamiyati direktori va Telegram’dagi «ZaTelekom» kanali muallifi Mixail Klimaryov Rossiya Federatsiyasi hukumati Signal’ni bloklaşni boşlagan bölişi mumkinligini aytdi. Undagi ma’lumotlarga köra, bloklaş işlari 8 avgustdayoq boşlangan.
Rossiyada messenjer bloklangani haqida rasmiy ma’lumot berilgani yöq.
Signal — eng xavfsiz messenjerlardan biri hisoblanadi. Servis qönğiroqlar, xabar va ma’lumotlar almaşinuvida işonçli şifrlaşdan foydalanadi, bu esa ularning uyali aloqa operatorlari va maxsus xizmatlar tomonidan tutib qolinişiga yöl qöymaydi. Bundan taşqari, messenjer boşqa servislardan farqli ravişda foydalanuvçilar haqida minimum ma’lumotlarni oladi va özida saqlaydi.
Oxirgi hafta Rossiyada YouTube’ga kirişda muammolar kuzatilmoqda. Uşbu uzilişlar sabab Rossiyada bir sutka içida «VK Video» ilovasini yuklab oliş 250 ming martagaça oşgan.
Avvalroq Rossiyada YouTube videoxostingi muqobili sifatida işlab çiqilgan «Platforma» mamlakatda Google servislari bloklanişi boşlangaç işlamay qolgani töğrisida xabar berilgandi.











