2024 yilgi yozgi Olimpiya öyinlarida Özbekiston boksda törtinçi oltin medalni qölga kiritdi.
Delegatsiya bayroqdori Abdumalik Xalokov debyut Olimpiadasidayoq zafar quçdi. -57 kg vazndagi boksçi finalda qirğizistonlik Munarbek Seitbek Uuluga qarşi ringga kötarilib, 5:0 hisobida ğalaba qozondi.
Şu tariqa Özbekiston delegatsiyasining Olimpiada-2024da qölga kiritgan medallari 11 taga yetdi — 7 oltin, 1 kumuş va 3 bronza.

















