Yozgi Olimpiya öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi boks böyiça dastlabki medalini qölga kiritdi.
-51 kg vaznda Hasanboy Dösmatov finalda fransiyalik Bilol Bennamaga qarşi ringga kötarilib, 5:0 hisobida ğalaba qozondi va ikki karra Olimpiada çempioniga aylandi.


Dösmatov turnirdagi iştirokini nimçorakfinalda Puerto-Riko vakili Hesus Huanma Lopesga qarşi jangda ğalaba qozoniş bilan boşlagandi (5:0), keyin çorakfinalda qozoğistonlik Saken Bibossinovga qarşi öta oğir jang ötkazdi (3:2), yarimfinalda esa Kabo-Verde vakili David de Pina tösiğidan ötdi (5:0).
Uşbu boksçi Rio-2016 olimpiadasida ham tengsiz bölgandi.
Boks böyiça ösmirlar Olimpiadasi ğolibi, jahon çempioni Abdumalik Xalokov ham Olimpiya öyinlarining finaliga yöllanma oldi. -57 kg vazn toifasida iştirok etayotgan sportçi yarimfinalda avstraliyalik Çarli Seniorni mağlubiyatga uçratdi (5:0).

Endi u 10 avgust kuni çempionlik uçun ringga kötariladi. Uning oltin yölidagi sönggi raqibi özbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov yordamida iştirok etayotgan qirğizistonlik Munarbek Seyitbek uulu böladi.
Şu tariqa, yarimfinalgaça yetib kelgan özbekistonlik 5 nafar boksçining barçasi hal qiluvçi bosqiçga yöl olişdi.
Avvalroq taekvondo böyiça Uluğbek Raşitov ham ikki karra Olimpiya öyinlari ğolibligini qölga kiritib, bu borada birinçi özbekistonlikka aylangandi.
Kun avvalida 45-örinda turgan Özbekiston delegatsiyasi Parij-2024dagi medallarini 5 taga (3 ta oltin, 2 ta bronza) yetkazib, umumjamoa hisobida 18-poğonaga kötarildi.


















