-57 kg vazn toifasida iştirok etgan 23 yoşli çarmqölqop ustasi finalda yaponiyalik Şudai Xaradani katta ustunlik bilan mağlubiyatga uçratib, turnir ğolibiga aylandi.

«Tabriklar uçun rahmat! Hissiyotlar juda ham a’lo! Bu yerga Parij-2024 litsenziyasini qölga kiritiş va çempionlik bilan Özbekiston bayroğini yuqoriga kötariş uçun kelgandik. Buni uddalaganimdan juda ham xursandman. Umuman, boksçilar yaxşi natijalarga erişib, jamğarmamizga oltin medallarni qöşişni maqsad qilgandik. 

Janglarim nisbatan osonroq bölganiga har bir jangga murabbiylarimiz bilan alohida tayyorgarlik körganimiz ham sabab böldi. Har bir raqibni mağlub etiş uçun özini kaliti bor, ustozlarim, Davron aka buni topdilar, men esa bajardim. Natija esa yaxşi böldi. 

Özi Osiyo Öyinlari oldidan özimni juda yaxşi his qildim. Murabbiyim Davron akaga turnir oldidan: «Davron aka, körasiz, şu Osiyo Öyinlarini Toşkent viloyat çempionatini yutgandek, yutaman», deb aytgandim. Allohga behisob şukurki, xuddi şunday böldi. Birorta jangda qiynalmadim.

Ringda birinçi yoki ikkinçi raqam bölib harakat qilamanmi yoki yöq – eng avvalo murabbiylarimni eşitaman. Murabbiyni eşitmagan boksçi yutqazadi.

Avvalombor, buvijonim, ota-onamga katta rahmat demoqçiman. Duo qilib turişdi, xavotirlanişdi. Şunday duogöylarim borligidan Allohga behisob şukur. Xalqimizga, prezidentimizga minnatdorçilik bildiraman. Bu faqat meni emas, Özbekiston xalqining ğalabasi. Çunki ularning duolari sabab biz şu darajaga yetdik. Ularga mingdan ming rahmat», - deydi Buxoro boks maktabi tarbiyalanuvçisi Abdumalik Xalokov.