2024/25 öquv yili uçun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabulning 2-bosqiçi, ya’ni OTM va ta’lim yönalişlarini tanlaş jarayoni yakunlandi.

Qabul tartibiga köra, endilikda 1 hafta muddat içida – 17 avgustgaça yakuniy natijalar e’lon qilinişi kerak.

Birinçi bosqiçda, 14-26 iyul kunlari 737 mingdan ortiq abituriyent test sinovlarida iştirok etdi. Ular töplagan ballar sinovlarning ertasiga e’lon qilib borildi. Imtihonlar yakunlangaç, 27 iyuldan 11 avgustgaça abituriyentlarga OTM va yönaliş tanlaş uçun vaqt berildi.

Şu tariqa, abituriyentlar bu yil ilk marta yangi tartib asosida, imtihondan keyin – özlari töplagan balliga qarab qayerda, qaysi yönalişda öqişini tanlaşdi.

Imtihonlar yakunlangaç, abituriyentlarning 47 foizi öqişga kiriş uçun yiğiş kerak bölgan minimal 56,7 ballni ham töplay olmagani ma’lum böldi va bu keng muhokamalarga sabab böldi.