Hamas harakati siyosiy byurosining avvalgi rahbari Ismoil Haniya öldirilganidan söng, uning örniga saylangan Yahyo Sinvar Misr va Qatar vositaçilari orqali Isroilga sulhni xohlayotgani haqidagi xabarni yetkazdi. Bu haqda CNN yozdi.
Telekanalning Isroildagi ikki manbasiga köra, boş vazir Binyamin Netanyahu özining hukmron koalitsiyasi uçun qanday oqibatlarga olib kelişidan qat’i nazar, kelişuvga tayyor. Ammo Isroil xavfsizlik xizmati vakillari koalitsiyadagi ba’zi öta öng vazirlarning qarşiliklarini hisobga olib, Netanyahu roziligiga şubha bilan qaramoqda.
Moliya vaziri Betsalel Smotriç kelişuvga qarşi çiqqanlardan biri bölib, uni «taslim böliş» deb atagan. Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir ham e’tiroz bildirgan.
CNN manbalaridan biri Netanyahu nima istayotganini «heç kim bilmasligini» aytdi. Şu bilan birga, AQŞ rasmiylari Isroil rahbariyatiga mintaqaviy uruşning oldini oliş uçun öt oçişni töxtatiş töğrisida kelişuvga erişişni kutayotganini «aniq yetkazdi», dedi CNN manbasi.
Hamas siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya 31 iyulga ötar keçasi Tehrondagi mehmonxonada bomba portlaşi oqibatida halok böldi. Isroil hukumati Haniya ölimi uçun rasman javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.
Haniya ölimidan söng Eron Isroil «barça qizil çiziqlar»ni kesib ötganini aytdi va «tezkor va keskin» javob qaytarişga va’da berdi.
Şu bilan birga, AQŞ, Misr va Qatar qöşma bayonotda Hamas va Isroilni zudlik bilan öt oçişni töxtatiş va garovga olingan isroilliklarni ozod qiliş böyiça kelişuv tuzişga çaqirdi. Vositaçilarning aytişiça, tomonlar 15 avgust kuni muzokara olib borişini kutişmoqda. Isroil uçraşuvga rozi böldi, biroq Hamas hozirça javob bermadi.














