Respublikaçilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp Pensilvaniya va Miçigan ştatlarida saylovoldi debatlarining ikkita raundi ötkazilişini ma’lum qildi. Şuningdek, u uçraşuvlar 4, 10 va 25 sentabr kunlariga belgilanganini tasdiqladi.
«Kamala Harris bilan birinçi bahs 4 sentabr kuni Pensilvaniya ştatining gözal Harrisburg şahrida Fox News telekanali tomonidan ötkaziladi. Ikkinçi debatga Pensilvaniya ştatining Filadelfiya şahridagi ABC News telekanali mezbonlik qiladi. Uçinçi debat Miçigan ştatining Grand-Rapids şahridagi NBC telekanalida bölib ötadi», deb yozdi Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmoğida.
Bahs dastlab 10 sentabrga belgilangan edi. Keyinroq Donald Tramp Fox News bilan yana bir uçraşuv ötkazişga kelişib olganini aytdi. U 10 sentabr kungi bahsni ahamiyati yöqolganini qayd etdi, çunki debat Jo Bayden bilan ötkazilişi kerak edi.
Keyinroq Donald Tramp debatlarni, jumladan, 10 sentabrda ham ötkazişga rozi böldi. Kamala Harrisning kampaniyasi 4 sentabrdagi tadbirda iştirok etiş masalasini muhokama qilmayotganini aytdi.












