Biznesni rivojlantirish banki yaponiyalik hamkorlar bilan yangi loyihaga kirishdi

Foto: Biznesni rivojlantirish banki
"Biznesni rivojlantirish banki", Yaponiyaning Yamagata prefekturasi hukumati va Yamagata universitetining tadbirkorlik ta’limi va tadqiqotlari markazi o‘rtasida Toshkent viloyatida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan «Yori-I» loyihasini Anglashuv memorandumini almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Yori-I» loyihasining asosiy maqsadi tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish vositasida viloyatda mahalliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashdir. Bu o‘z navbatida, yangi bizneslarni yaratish va yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi.
Loyiha Yamagata universiteti rahbarligida, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va O‘zbekiston - Yaponiya markazi (UJC) texnik ko‘magi ishtirokida "Biznesni rivojlantirish banki" hududiy markazlarida va Toshkent viloyati hokimiyati moliyaviy mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Memorandum almashinuv marosimi tomonlarning uzoq muddatli hamkorlikka va loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi. Ushbu marosim loyiha ishtirokchilari o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikka yo‘l ochib, Toshkent viloyatining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shadi.
Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yer qarida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
Jahon | 00:12
-
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
Jahon | 23:20 / 25.05.2025
-
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
Jahon | 22:35 / 25.05.2025
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46 / 25.05.2025
Mavzuga oid

19:00 / 16.05.2025
Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi

16:59 / 23.04.2025
"Biznesni rivojlantirish banki" Mening biznesim” va “Mening buyurtmam” ilovalari taqdimotini o‘tkazdi

17:00 / 15.04.2025
“Biznesni rivojlantirish banki”da 174 ta jarayonning 104 tasi to‘liq raqamlashtirilgan

17:00 / 08.04.2025