Chexiya Ukrainaga texnika yetkazib berish doirasida Rheinmetall tanklarini oladi
Rheinmetall mudofaa konserni Germaniya hukumatidan Chexiyaga 14 ta Leopard 2A4 tanki va 3 ta Büffel zirhli qutqaruv mashinasini yetkazib berish bo‘yicha buyurtma oldi. Buning evaziga Praga Kiyevga boshqa harbiy texnikani topshiradi.

Foto: Reuters
Germaniya Ukrainaga qurol-yarog‘ topshirish bo‘yicha kelishuv doirasida 14 ta Leopard 2A4 asosiy jangovar tanklari va 3 ta Büffel zirhli qutqaruv mashinasi (ZQM)ni Chexiyaga topshiradi. Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni 12 avgust, dushanba kuni federal hukumat tegishli buyrug‘ini e’lon qildi. Shunday qilib, Chexiya yana Germaniyadan zamonaviy harbiy texnika oladi va sovet tipidagi tanklarni Rossiyadan himoyalanayotgan Kiyevga «halqa almashinuvi» deb ataladigan tamoyilga muvofiq o‘tkazadi.
Yangi kelishuvning aniq narxi oshkor qilinmayapti. Bayonotda faqat bir necha yuz million yevro miqdori haqida gap ketayotgani ko‘rsatiladi. Chexiya ushbu buyurtmadan birinchi tankni bu yil, qolganini 2025 yil aprel oyi oxirigacha, evakuatsiya vositalarini esa 2026 yil boshiga qadar oladi, deya ma’lum qildi Dyusseldorfdagi konsern.
Ta’kidlanganidek, Chexiyaga beriladigan Leopard tanklari boshqa mamlakatlar zaxiralaridan olingan va ta’mirdan chiqarilgan eskirgan modellardir.
Chexiya armiyasini modernizatsiya qilmoqda
Chexiya hukumati yil boshida Germaniya bilan Ukrainaga yangi tanklarni yetkazib berish bo‘yicha «halqa almashinuvi» tamoyili asosida muzokaralar boshlanganini e’lon qildi. Bosh vazir Petr Fiala ta’kidlaganidek, bu Pragaga Rossiya texnikasiga qaramligini kamaytirish va Chexiya armiyasini modernizatsiya qilish imkonini beradi. Iyul oyi oxirida Chexiya mudofaa vaziri Yana Chernoxova rejalashtirilgan almashinuvni tasdiqladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, gap Shveytsariyada sotib olingan va shartnoma shartlariga ko‘ra, Ukrainaga yetkazib berilmaydigan tanklar haqida ketmoqda. O‘z navbatida, Praga Chexiya armiyasida foydalanishda bo‘lgan T-72 sovet tanklarini Kiyevga topshiradi.
Chexiya va Germaniya 2022 yil oktyabr oyida tanklarning birinchi «halqa almashinuvi»ni amalga oshirdi, shu vaqt mobaynida Praga Germaniya mudofaa sanoati omborlaridan 14 ta Leopard 2A4 tankini oldi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 03:50
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
-
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Jahon | 00:00
-
Latviya Belarus bilan chegaradagi yagona nazorat-o‘tkazish punktini yopdi
Jahon | 23:05 / 16.03.2025
Mavzuga oid

10:31 / 17.02.2025
Chexiya Ukraina uchun snaryadlar sotib olishni davom ettirishga va’da berdi

11:35 / 07.02.2025
Pragada rossiyaliklarga Chexiya fuqaroligini berish vaqtincha taqiqlandi

00:14 / 04.02.2025
Chexiyada qunduzlar ikki kun ichida to‘g‘on qurib, hukumat mablag‘larini tejab qoldi

23:41 / 22.01.2025