Janubiy Koreyaning Kookmin Bank banki Qirğiziston banklarini sentabrdan boşlab dollarda SWIFT-ötkazmalarini töxtatişi haqida ogohlantirdi, deb yozadi iqtisodçi Azamat Akeneev.

Mamlakat Milliy banki mazkur holatga quyidagiça munosabat bildirdi:

«Ğarb davlatlari tomonidan kiritilayotgan sanksiyalar röyxati va talablarining kengayişi munosabati bilan xorijiy banklar Qirğiziston Respublikasi tijorat banklari mijozlari tomonidan amalga oşiriladigan transçegaraviy tölovlarni tahlil qiliş va tekşirişni talab qilmoqda.

Korrespondentlik tarmoğini kengaytiriş va diversifikatsiya qiliş, şuningdek, öz mijozlariga uzluksiz xizmatlar körsatişni ta’minlaş maqsadida Qirğiziston Respublikasi tijorat banklari mamlakat Milliy bankiga taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan kengaytiriş va/yoki xorijiy davlatlarning banklari bilan yangi korrespondentlik aloqalarini örnatiş işlarini olib bormoqda.

Şu bilan birga, Qirğiziston Respublikasining Milliy banki tijorat banklariga xorijiy davlatlarning banklari bilan yangi korrespondentlik munosabatlarini örnatiş va mavjudlarini saqlab qolişda har tomonlama yordam va kömak körsatadi».

Kookmin Bank 2014 yil mart oyi oxirlaridagi aktivlarining qiymati böyiça Janubiy Koreyadagi eng yirik banklar törtligiga kiradi. U Koreyada eng yirik bank va 2017 yil holatiga köra, kattaligi böyiça dunyoda 60-örinda turadi.

Qirğiziston dunyoning 16 davlatidagi banklar bilan korrespondentlik aloqalarini örnatgan:

  • Germaniya — 41,5 milliard qirğiz sömi;
  • Janubiy Koreya — 14,5 milliard qirğiz sömi;
  • Rossiya Federatsiyasi — 8,1 milliard qirğiz sömi;
  • Xitoy — 5,8 milliard qirğiz sömi;
  • Qozoğiston Respublikasi — 3,8 milliard qirğiz söm;
  • Turkiya — 1,8 milliard qirğiz sömi;
  • Boşqa davlatlar — 5,2 milliard söm.