Kursk viloyatining çegara hududlarida öz uylarini tark etişga majbur bölgan fuqarolar Zaporijjya viloyati egallab olingan hududlariga yuboriladi. Bu haqda 13 avgust, seşanba kuni Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvçi Aleksey Smirnov ma’lum qildi. Bu qaror uning Zaporijjya viloyatining Rossiya tomonidan tayinlangan «gubernatori» Yevgeniy Balitskiy bilan suhbatidan keyin qabul qilingan. 

Ruslarni joylaştiriş uçun Balitskiy «Berdyanskdan Kirillovkagaça bölgan hududda joylaşgan Azov dengizi sohilidagi sanatoriylar va pansionatlardan foydalanişni» taklif qildi, dedi Smirnov. Uning sözlariga köra, «yaqin kelajakda» Zaporijjya viloyatiga «odamlarni yetkaziş» uçun birinçi reyslar taşkil etiladi. Smirnov «harbiy holat şaroitida yaşayotgan» mintaqada ruslarning xavfsizligi qanday ta’minlanişiga aniqlik kiritmadi. 

Kursk va Belgorod viloyatlari aholisini evakuatsiya qiliş

Kursk va Belgorod viloyatlarining çegara hududlari aholisi Ukraina Qurolli kuçlari hujumi fonida uylarini tark etmoqda. 12 avgustga kelib, Kursk gubernatori vazifasini bajaruvçi Smirnovning sözlariga köra, 121 ming kişi evakuatsiya qilingan. 

13 avgust kuni Kursk viloyatining Bolşesoldatskiy tumanida evakuatsiya boşlandi. Bundan taşqari, Kursk viloyatining Gluşkov, Korenev, Sudja tumanlarida ham aholining ixtiyoriy ravişda çiqib ketişi taşkil etildi. Gubernator Vyaçeslav Gladkov xabariga köra, qöşni Belgorod viloyatining Krasnoyarjskiy tumani aholisi uni deyarli butunlay tark etgan. 

Ukraina Qurolli kuçlarining Kursk viloyatidagi hujumi 

Ukraina Qurolli kuçlarining Kursk viloyatidagi operatsiyasi 6 avgust kuni boşlandi. Korenev, Sudja va Belovskiy tumanlarida janglar ketmoqda. Gubernator vazifasini bajaruvçi 12 avgust kuni Ukraina Qurolli kuçlari öz viloyatidagi 28 ta aholi punktini nazorat qilayotganini tan oldi. Ukraina qurolli kuçlari Rossiyada 74 aholi punkti va 1000 kvadrat kilometrdan ortiq hududni nazoratga olganini ma’lum qildi.

Bloomberg agentligi Rossiya Qurolli kuçlarida Kursk viloyati mudofaasi uçun şaxsiy tarkib yetişmayotganini qayd etib, yil oxirigaça safarbarlik e’lon qilinişi mumkinligi haqida yozdi.