Ukraina boş vaziri Denis Şmixal 13 avgust, seşanba kuni Ukraine Facility dasturi doirasida Ukraina Yevropa Ittifoqidan yana 4,2 milliard yevro olganini xabar qildi. «Hukumat bu mablağlarni ijtimoiy dasturlar, gumanitar soha va boşqa muhim budjet dasturlari uçun sarflaydi, biz harbiy xarajatlarni faqat öz mablağimiz hisobidan moliyalaşda davom etamiz», — deb yozdi u Telegram-kanalida. 

Şmixalning eslatişiça, yil boşidan beri YeI Ukrainaga 12 milliard yevrodan ortiq budjet yordamini taqdim etgan. «Biz barqarorlik, rivojlaniş va kelajagimiz uçun muhim bölgan islohotlarni amalga oşirişda davom etamiz, Yevropa hamkorlari bu sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlamoqda», - deya qöşimça qilib ötdi boş vazir. 

Ukraina uçun Ukraine Facility YeI qöllab-quvvatlaş dasturi 

Iyul oyida Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya tomonidan hujumga uçragan Ukrainaga Ukraine Facility doirasida 4,2 milliard yevrolik tranş berişga kelişib oldi. Ukrainani YeI tomonidan 50 milliard yevro miqdorida qöllab-quvvatlaşning uşbu yangi mexanizmi 2024 yil 1 martda iş boşladi va Yevropa Ittifoqi tarixidagi a’zo bölmagan davlatga eng katta yordamga aylandi.

Dastur 2024 yildan 2027 yilgaça bölgan davrda Ukrainani tiklaş, rekonstruksiya va modernizatsiya qilişni qöllab-quvvatlaş uçun grantlar va kreditlar körinişidagi barqaror moliyalaştirişni ta’minlaydi. Pul milliy hukumat tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan kelişilgan tasdiqlangan harakatlar rejalariga muvofiq taqdim etiladi.