Senatning 55-yalpi majlisida “Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş töğrisida”gi qonun tasdiqlandi. Qonun bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solişi kutilmoqda.

Xususan, zöravonlik tufayli jabrlangan şaxs ariza bilan tegişli vakolatli organlarga yoki sudga murojaat etişi, maxsus markazlarda, şuningdek bepul telefon liniyasi orqali bepul huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boşqa yordam olişi mumkinligi belgilanyapti.

Qayd etilişiça, hujjat bilan ilk bor yangi institut oçilib, zöravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi beriş tartibi yölga qöyiladi. Bu himoya orderi içki işlar organlari tomonidan öttiz kun muddatgaça berilişi va vakolatli davlat organi iştirokida jabrlanuvçiga topşirilişi aytilgan.

Agar tahdid hali bartaraf etilmagan bölsa, himoya orderining amal qiliş muddati zöravonlikdan jabrlanuvçining yoki uning qonuniy vakili arizasiga köra, jinoyat işlari böyiça sud tomonidan bir yilgaça uzaytirilişi mumkin.

Qonunda jabrlanuvçiga yetkazilgan moddiy zararning örni qoplanişi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiyasini talab qiliş huquqi aks ettirilmoqda.

Şuningdek, hujjatda bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş sohasidagi davlat siyosatining asosiy yönalişlari, mazkur yönalişda faoliyatini bevosita amalga oşiruvçi davlat organlari va taşkilotlar hamda ularning vakolatlari aniq körsatib ötiladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga zöravonlikdan jabrlanuvçi, şuningdek, özlariga nisbatan zöravonlik sodir etiş xavfi ostida bölgan bolalarni aniqlaş, ularning hisobini yuritiş hamda zarur hollarda ularga nisbatan zöravonlikning oldini olişga doir yakka tartibdagi çora-tadbirlar qöllanişini ta’minlaş böyiça vazifalar yuklatiladi.

Qolaversa, ota-onalar mas’uliyati yana bir karra oşiriladi. ya’ni ular bolalarning hayoti va soğliğini muhofaza qilişi, ularga ğamxörlik körsatişi hamda zararli ta’sir körsatuvçi axborotdan himoya qilişi şartligi, bolalarni tarbiyalaşda ularni jismoniy jazolaş taqiqlanişi nazarda tutilmoqda.

Senatorlarga köra, sönggi yillarda bolalarga nisbatan sodir etilayotgan zöravonliklar soni oşib bormoqda. Mavjud huquqiy mexanizmlar uning oldini oliş hamda jabrlanuvçilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişda yetarli samara bermayapti.