2024 yil yozida Markaziy Osiyoda, xususan Özbekistonda tarvuz ança arzonlab ketdi. Ayrim fermerlar hosilni dalada qoldirişga, ba’zilari çorvaga berişga majbur bölmoqda. Kun.uz bu borada Qişloq xöjaligi vazirligi va East Fruit tahlillariga murojaat qildi.

East Fruit ma’lumotlariga köra, Özbekistonda tarvuzning ulgurji narxi iyul oyi oxiriga kelib rekord darajada pasayib, 1 kg uçun 8 sentni taşkil qilgan. Soliştiriş uçun, 2023 yilda narx 10 sent bölgan.

Yoğingarçilik miqdori köp bölgani sababli tarvuz odatdagidan 15-20 kun keçroq pişdi, natijada boşqa davlatlar Özbekistonning an’anaviy eksport bozorlarini egallab oldi, deydi tahlilçilar.

Özbekistonda örtaça tarvuz narxlari.
East fruit

An’anaviy eksport bozorlaridan asosiysi bu – Rossiya. Bu mamlakatda ham tarvuzning rekord darajada past narxlari kuzatilmoqda. Natijada Özbekistondan Rossiyaga tarvuz yetkazişda moliyaviy jihatdan özini oqlamaydigan vaziyat şakllangan. Bu öz navbatida içki bozorda taklifni keskin köpaytirib, narx tuşişiga olib kelgan.

Qişloq xöjaligi vazirligi ma’lumotlariga köra, özbekistonlik eksportçilar ötgan yili tarvuzni Rossiyaga kilosini 34 sentdan sotgan bölsa, bu yil ikki barobar past narx – 18 sentdan yetkazib bergan.

BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti ma’lumotlariga köra, Özbekistondan Şarqiy Yevropa va Yevropa Ittifoqi bozorlariga tarvuz eksport qiliş ham bu yil ança qiyinlaşgan, çunki bu mamlakatlarda ham narxlar tuşib ketgan. Xususan, Ukrainada tarvuzning haddan ziyod köp yetiştirilişi natijasida narxlar qulagan, şu tariqa uzoq Özbekistondan Yevropaga tarvuz taşiş manfaatli bölmay qolgan.

Özbekiston va boşqa mamlakatlarda tarvuz narxlari.
East Fruit

Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligiga köra, respublikada 2024 yilda barça toifa xöjaliklarida 203 ming gektar poliz ekinlari ekilgan bölsa, şundan 102 ming gektarga tarvuz ekilgan. Bu ekin maydonlarida 1,4 million tonna tarvuz yetiştirildi. Bu – 2023 yildan 161,6 ming tonnaga yoki 14 foizga köp.