Kun.uz iPhone 15 Pro 128GB telefoni misolida nasiya savdodagi narxlarning özgarişini örgandi.

Bu smartfonning ham nano sim-karta, ham e-sim'da işlaydigan qimmatroq modeli ayni paytda “Malika” yoki “Abu-Saxiy” kabi bozorlarda 999 dollardan 1020 dollargaça (Markaziy bank kursi böyiça 12 mln 896 ming sömgaça) narxda sotilyapti. (Lekin bu narxda mahsulotni çek olgan holda xarid qiliş deyarli imkonsiz).

Agar telefonni bölib tölaşga olmoqçi bölsangiz, narxlar keskin qimmatlaşadi. Buni quyida 7 ta marketpleys misolida körib çiqamiz.

1-marketpleys

Smartfonnning bahosi – 17 mln 369 ming söm . E’tibor bering, şu narxning öziyoq bozordagi örtaça narxdan 35 foizga qimmat.

12 oyga bölib tölaş uçun taklif qilinayotgan narx turli platformalar (marketpleysning hamkori – qarz beruvçilar) orqali oyiga 1 mln 881 ming sömdan 2 mln 84 ming sömgaça. Bir yil içida mahsulot narxi xaridorga 22 mln 572 ming sömdan yoki 25 mln 8 ming sömgaça aylanişi mumkin. Bu tovarning dökondagi narxidan 30 foizdan 44 foizgaça qimmatlaşişini anglatadi. Agar bozordagi va dökondagi narxlar örtasida katta tafovut borligini hisobga olsak, bir yil içida telefon narxi bozordagi narxdan xaridorga 77 foizdan 96 foizgaça qimmatga tuşadi.

2-marketpleys

Smartfonning bahosi – 21 mln 913 ming söm. Bozordagi örtaça narxdan 72 foizga qimmat.

12 oyga bölib tölaş – 2 mln 291 ming sömdan, umumiy summa – 27 mln 492 ming söm. Bir yil içida mahsulotning bahosi dökondagi narxidan 25 foizga, bozordagi örtaça narxdan 115 foizga qimmat böladi.

3-marketpleys