“Dunyo” xabariga köra, Özbekistonning Londondagi elçixonasi kömagida bir guruh vatandoş talabalar tomonidan amalga oşirilayotgan uşbu taşabbus Britaniyadagi universitetlarda tahsil olayotgan Özbekiston yoşlarini birlaştiriş, ularning bilim olişlari uçun qulay va faoliyatning turli sohalarida faol iştirok etişlari uçun universal platforma yaratişga qaratilgan. Ayni paytda Britaniyaning Oksford, Kembrij, Edinburg, London Iqtisodiyot maktabi, London Imperial kolleji kabi nufuzli universitetlarda 600 dan ortiq özbekistonlik talaba tahsil olmoqda. Şundan 120 nafari “El-yurt umidi” jamğarmasi stipendiantlaridir.
Özbekistonlik talabalar uyuşmasi yoşlar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, ularning kasbiy va şaxsiy rivojlanişiga kömaklaşiş, şuningdek, Özbekiston va Britaniya örtasidagi madaniy-ma’rifiy almaşinuvni rivojlantirişga kömaklaşadi. Bundan taşqari, taşkilotning taşkil etilişi talabalarning özaro samarali hamkorlik qilişi, tajriba va bilim almaşişi, huquq va manfaatlarini himoya qiliş imkonini beradi.
Özbekistonlik talabalar uyuşmasining rasmiy oçiliş marosimi joriy yilning 2 mart kuni mamlakatning Britaniyadagi elçixonasida bölib ötadi. Tadbir doirasida talabalar örtasida “Zakovat” intellektual öyini ötkaziladi.













