Joriy yilning 18-19 avgust kunlari yomğirlar yoğişi sababli respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqini hodisalari kuzatilişi xavfi bor. Bu haqda Özgidromet agentligi direktori Şerzod Habibullayev ogohlantirdi.

Unga köra, quyidagi hududlarda sel-suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkin:

  • Qaşqadaryo viloyati — Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi, Ğuzor tumanlarida;
  • Samarqand viloyati — Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy, Iştixon tumanlarida;
  • Jizzax viloyati — Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş, Yangiobod tumanlarida;
  • Toşkent viloyati — Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq, Yuqori Çirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;
  • Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;
  • Farğona viloyati — Söx, Farğona, Beşariq tumanlarida va Şohimardon hududida;
  • Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod şahrida.

Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini körişlari söralmoqda. 

Şuningdek, respublika hududi böyiça yomğir suvlari töplanişi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkin.