Moskvaning Taganskiy tuman sudi yozuvçi Boris Akuninni (Grigoriy Çxartişvili) «çet el agenti» faoliyati tartibini buziş moddasi böyiça ma’muriy huquqbuzarlikda aybdor deb topdi. Bu haqda 16 avgust, juma kuni Moskva şahar umumiy yurisdiksiya sudlarining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
«Sud 30 ming rubl (307 yevro) miqdorida ma’muriy jarima körinişidagi jazo tayinladi», — deyiladi xabarda.
Akunin Rossiya Içki işlar vazirligining federal qidiruviga kiritilgan edi, keyinçalik u sirtdan hibsga olingan.
Yozuvçi bir neça bor Rossiya hukumati va şaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putin siyosatini tanqid qilgan hamda Qrimdagi voqealar va Ukrainadagi uruşni oçiq qoralagan. 2014 yildan beri Akunin Londonda yaşaydi.
Akuninga senzura bosimi
Uruş boşlanganidan keyin Akunin asarlari Rossiya Federatsiyasida kuçli senzura bosimiga duçor böldi. Uning piyesalari asosida sahnalaştirilgan spektakllarning afişalaridan ijodkor nomi olib taşlandi, ayrim teatrlar spektakllarni bekor qildi. 2023 yil dekabr oyi örtalarida AST naşriyoti yozuvçining kitoblarini tarqatişni töxtatayotganini e’lon qildi. «Çitay-gorod - Bukvoyed» dökonlar tarmoğida ham savdo töxtadi. Xavfsizlik kuçlari Akunin kitoblarini çop etuvçi Moskvadagi «Zaxarov» naşriyotida tintuv ötkazdi.
Rosfinmonitoring yozuvçini 2023 yil 18 dekabrda «terrorçilar va ekstremistlar» röyxatiga kiritdi. Köp ötmay, Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi yozuvçiga nisbatan Rossiya Qurolli kuçlari haqidagi «feyklar» va terrorizmni omma oldida oqlaş moddalari böyiça jinoiy iş qözğatilganini e’lon qildi.
«Özimni notöğri töxtaganlik uçun tiket yozib berilgan bin Lodin kabi his qilyapman»
12 yanvar kuni Rossiya Adliya vazirligi Boris Akuninni «çet el agentlari» röyxatiga kiritdi.
Yozuvçi «çet el agentlari» röyxatiga kiritilganiga hazil bilan munosabat bildirdi. «Bugun men «çet el agenti» deb e’lon qilinganim haqida yozişmoqda. Meni-ya, terrorçi va ekstremistni?! Özimni notöğri parkovka uçun tiket yozib berilgan bin Lodin kabi his qilyapman», - deb yozgan edi u yanvar oyida Telegram-kanalida.











