Özbekistonda 576,1 ming haydovçi taksi xizmati sohasida özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötdi. Bu haqda Soliq qömitasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, avval norasmiy işlab kelgan 576,1 ming haydovçi yölovçi taşiş sohasida özini özi band qilgan şaxs sifatida rasman röyxatdan ötgan. Ulardan 361 ming nafardan ziyodi agregatorlar orqali xizmat körsatadi, bu mart oyidagi körsatkiçlarga nisbatan 2 barobar köp. Taksi haydovçilarining 99,2 foizi erkaklar hisoblanadi.
Şu bilan birga, yil boşidan 15 avgustgaça agregatorlar orqali 166 milliondan ortiq qatnov uçun 3 trillion sömlik fiskal çek berilgan. 1 mart holatiga (18,3 mln qatnov) taqqoslaganda qatnovlar soni 9 barobarga ortgan.
Aprel oyida 6 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan bölsa, avgustga kelib, ularning soni 142 tani taşkil etgan.
Bir martalik yölovçi taşişning örtaça narxi 18 ming sömni taşkil etgan. Yölkiraning 75,3 foizi naqd körinişida tölangan.
Ta’kidlanişiça, tölovlarni fiskallaştiriş özini özi band qilgan haydovçilarning daromadlari haqida ma’lumot oliş imkonini bermoqda. Ularning yil boşidan to 15 avgustgaça bölgan daromadi quyidagiça taqsimlangan:
- 125,6 ming nafari 1 mln sömgaça;
- 104 ming nafari — 1−5 mln söm;
- 45,3 ming nafari — 5−10 mln söm;
- 78 ming nafari — 10−50 mln söm;
- 7,6 ming nafari — 50−100 mln söm.
- 171 nafar haydovçining daromadi 100 mln sömdan oşgan.
Qonunçilikka köra, 2022 yil 1 sentabrdan 2025 yilga qadar taksi haydovçilari özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötib, işlaşi mumkin.












