Moskvada harbiy tergovçilar va Şarqiy ma’muriy okrug böyiça IIB vakillari reyd ötkazib, Rossiya fuqaroligini olgan önlab migrantlarga «voyenkomat»ga çaqiruv qoğozlarini topşirdi, deb xabar beradi «Kommersant».
Naşrning qayd etişiça, reyd «Şyolkovskaya» metrosi yaqinidagi avtovokzalda, sabzavot bazasi va Şarqiy ma’muriy okrugda joylaşgan xostellarda ötkazilgan.
Rossiya IIB xodimlari boşqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda muntazam ravişda migrantlar işlaşi yoki yaşaşi mumkin bölgan hududlarda reyd ötkazib kelmoqda. Xususan, bu kabi reydlar Moskva viloyatidagi Wildberries omborlarida, masjid va restoranlarda ham ötkazilgan. Çaqiruv qoğozi bilan «voyenkomat»ga kelgan fuqarolar harbiy xizmatga yuborilib, ular şartnoma tuzişga majburlanmoqda.
2024 yilning iyun oyida RF Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin yaqinda Rossiya fuqaroligini olgan, biroq harbiy hisobga turmagan 30 mingdan ortiq xorij fuqarolari borligini ma’lum qilgandi. Bastrikinning sözlariga köra, ularning 10 mingga yaqini «handaq qaziş uçun» uruşga yuborilgan.
Iyul oxirlarida Rossiya Davlat dumasi Rossiya pasportini olgan xorijliklarga bir vaqtning özida harbiy hisobga turiş majburiyatini yuklaydigan qonunni qabul qilgan edi.
Avgust boşlarida esa Rossiya Federatsiya Kengaşi iş beruvçilarning harbiy xizmatga çaqiriluvçilar elektron reyestri orqali ma’lumot almaşinuviga oid qonunni ma’qullagan. Çaqiruv qoğozi yuborilişi bilan harbiy xizmatga majbur fuqaroning mamlakatdan çiqişiga avtomatik ravişda taqiq qöyiladi. Çaqiriluvçi 20 kun içida «voyenkomat»ga kelmasa, unga xorijga çiqiş pasportini rasmiylaştiriş, köçmas mulk bilan boğliq bitimlarni tuziş va özini özi band qiliş taqiqlanadi.











