O‘zbekistonda hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvini xususiy sektorga berish boshlanadi
Prezident yer osti boyliklarini o‘zlashtirishga tadbirkorlarni keng jalb etib, ishlab chiqarishni ko‘paytirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning boshqaruvini xususiy sektorga berishda amaliy bosqich boshlanishi ma’lum qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda so‘nggi yillarda energetika sohasi isloh qilinib, xususiy sektorga keng yo‘l ochib berilgani, bu orqali 3,5 milliard dollarlik xususiy sheriklik loyihalari ishga tushdi va yana 31,5 milliard dollarlik 50 ta loyiha bo‘yicha ishlar jadal davom etayotganini ma’lum qildi.
Prezident “Hududiy elektr tarmoqlari”ning boshqaruvini xususiy sektorga berishda amaliy bosqich boshlanishini aytdi.
“Xususan, oktyabrda Samarqand viloyatidagi elektr tarmoqlariga xususiy operator jalb qilish bo‘yicha tender e’lon qilinadi. Kelgusi yil Jizzax va Sirdaryoda ham xuddi shunday ishlar amalga oshiriladi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, muloqotda yer osti boyliklarini o‘zlashtirishga tadbirkorlarni keng jalb etib, ishlab chiqarishni ko‘paytirish muhimligi ta’kidlandi. Shu yilning o‘zidayoq 150 tadan ortiq kon va maydonlar tadbirkorlarga sotildi.
“Yil yakunigacha yana 300 ta kon va maydonlar tadbirkorlarga taklif qilinadi. Qurilishda qum-shag‘alga ehtiyojni qoplash maqsadida 110 million kub metr zaxirali 172 ta kon ham tadbirkorlik uchun ajratiladi”, - dedi prezident.
Avvalroq, tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga QQS hisoblash bekor qilinishi ma’lum qilingandi. Shuningdek, Toshkent shahri va viloyat markazlarida sotilgan yer bo‘yicha xarid summasini uch yilgacha, qolgan hududlarda besh yilgacha, 4- va 5-toifa tumanlar uchun esa o‘n yilgacha bo‘lib to‘lashga ruxsat berilyapti.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Donald Tramp uchinchi bor AQSh prezidenti etib saylanishi mumkinmi?
Jahon | 19:49
-
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi
Jamiyat | 18:55
-
Temu O‘zbekistonda qancha soliq to‘lashi kerakligi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 18:53
-
Shavkat Mirziyoyev: «Oldimizda mintaqamizni nafaqat barqaror, balki farovon qilish uchun tarixiy imkoniyat turibdi»
O‘zbekiston | 18:52
Mavzuga oid

20:06 / 19.03.2025
Prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi. Biznes uchun qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

22:58 / 30.12.2024
FT: Xitoy hukumati biznesmenlarni hibsga olish to‘lqinini to‘xtatishga urinmoqda

15:49 / 21.12.2024
“Hududiy elektr tarmoqlari”ga yangi rais tayinlandi

15:11 / 05.11.2024