Pokistonda bir neça haftadan beri internet tezligi pasayib ketgani aytilmoqda. Faollarga köra, hukumat xuddi Xitoy kabi onlayn makon ustidan nazoratni kuçaytiriş uçun internet «devorini» yaratyapti.

Pokistonlik amaldorlar uşbu da’volarni rad etib, foydalanuvçilar himoyalangan ulaniş yoki VPN’ni köp işlatayotgani tufayli internet tezligi tuşib ketganini aytmoqda.

Mamlakat sobiq boş vaziri Imron Xon tomonidan ötgan yili qözğatilgan tartibsizliklardan keyin hukumat ijtimoiy tarmoqlarni bloklab, internet tezligini pasaytirgan, çunki jamoatçilikni qöllab-quvvatlaş uçun kuraş köçalardan raqamli makonga ötgan.

X ijtimoiy tarmoği (sobiq Twitter) fevral oyidagi saylovlardan keyin, «milliy xavfsizlik»dagi muammolar sabab bloklangan. Xon partiyasi tarafdorlari mazkur ijtimoiy tarmoqning faol foydalanuvçilari bölib, sobiq boş vazirning esa tarmoqdagi sahifasiga 21 millionga yaqin odam obuna bölgan.

Ammo Pokiston axborot texnologiyalari vaziri Şaza Fotima internet tezligi pasayganiga hukumat javobgar emasligini ma’lum qildi. U özining jamoasi internet-provayder va telekommunikatsiya kompaniyalari bilan mazkur muammoni hal etiş böyiça «tinim bilmay işlayotganini» bildirgan.

Fotimaga köra, «aholining katta qismi» VPN’dan foydalanadi va «bu tarmoqda yuklamani oşirişi natijasida internet tezligi tuşib ketgan».

Raqamli texnologiyalar nazorati böyiça mahalliy taşkilot Bytes for All direktori Şahzod Ahmadga köra, taşkilotning internet tezligi çeklanayotganini «isbotlaş uçun yetarliça dalillar bor».

Işbilarmonlar internet aloqasining sekinlaşuvi Pokiston biznes salohiyatiga xavf solişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.