Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) odamlar uçun xavfli bölgan maymunçeçak (mpox) virusi haqida yetarli ma’lumotlarga ega ekanligini va unga qarşi qanday kuraşişni bilişini ma’lum qildi. Bu haqda Interfax yozdi.
«Maymunçeçak — bu koronavirus kabi katta muammo emas», dedi JSST Yevropa mintaqaviy direktori Hans Kluge. «Biz maymunçeçak bilan qanday kuraşişni bilamiz», deb ta’kidladi u.
14 avgust kuni JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus maymunçeçak tarqalişi sababli soğliqni saqlaş sohasida favqulodda holat e’lon qilgan edi.
Maymunçeçak (mpox) - markaziy va ğarbiy Afrikaning çekka hududlarida keng tarqalgan kam uçraydigan yuqumli kasallik. Uning belgilari köngil aynişi, isitma, toşma, qiçişiş va muşak oğriği. Yengil holatlarda kasallik odatda öz-özidan ötib ketadi va 14 dan 21 kungaça davom etadi.
Özbekistonda maymunçeçak virus aniqlanmagan. Avvalroq, aeroportlarda maymunçeçak kirib kelişining oldini oliş çoralari körilayotgani, jumladan, Sanitariya-karantin xizmati tomonidan tana harorati yuqori bölgan yölovçilarni masofadan turib aniqlaydigan teplovizorlar örnatilayotgani haqida xabar berilgan edi.












