1 oktyabrdan boşlab Özbekiston va Afğoniston örtasida imtiyozli savdo bitimi işga tuşadi va Afğonistonning qator mahsulotlariga boj bekor qilinadi. Afğon tadbirkorlari Termiz xalqaro savdo markaziga vizasiz kirib, heç qanday soliqlarsiz faoliyat yuritişi mumkin böladi, deya ma’lum qildi Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri.
17 avgust kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligidagi hukumat delegatsiyasi Afğonistonga taşrif buyurgandi. Taşrif doirasida Kobulda Afğoniston boş vaziri vazifasini bajaruvçi Abdul Ğani Barodar, boş vazirning ma’muriy masalalar böyiça örinbosari Abdus-Salom Hanafiy, boş vazirning siyosiy masalalar böyiça örinbosari Abdul Kabir va taşqi işlar vaziri Amir Xon Muttaqiy bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazildi.
Taşrif doirasida Özbekiston–Afğoniston biznes-forumi ham taşkil etildi. Forumda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov çiqiş qilib, ikki tomonlama hamkorlikdagi muhim yönalişlarga töxtalib ötdi. Uning nutqini Afğonistondagi RTA telekanali taqdim etdi.
“Birinçidan, mamlakatlarimiz örtasida özaro savdoni yanada oşiriş va yaqin istiqbolda 3 mlrd dollarga yetkaziş böyiça katta rejalarimiz bor. Bu borada joriy yil 1 oktyabrdan boşlab ikki mamlakat örtasida imtiyozli savdo bitimi işga tuşadi. Uşbu hujjat doirasida kelişilgan qator mahsulotlar, şu jumladan, Afğonistondan qişloq xöjaligi mahsulotlari, gilamlar, marmar uçun import bojlari bekor qilinadi. Bu eksportyorlar uçun qulaylik yaratadi.
Ikkinçidan, davlatlarimiz örtasidagi Ayritom–Hayraton çegara postida bojxona tizimi 24 soatlik iş rejimiga ötkazildi. Bundan buyon mamlakatlar örtasidagi avtomobillar qatnovi tun-u kun amalga oşiriladi. Bu ikki davlat tadbirkorlari iş faoliyatida qöşimça 2 barobar köp imkoniyat yaratadi. Özaro savdo hajmlarini yanada rivojlantiradi.
Uçinçidan, birodar afğon xalqiga qulaylik yaratiş maqsadida yaqin kunlarda Özbekiston janubida Termiz xalqaro savdo markazini töliq işga tuşiriş böyiça işlar amalga oşirilyapti. Markazga taşrif buyuruvçilar uçun 15 kunlik vizasiz rejim joriy qilindi. Afğoniston tadbirkorlari barça soliqlardan ozod etiladi. Bugun markazdan foydalaniş böyiça hujjat imzoladik.











