Ukraina qurolli kuçlari dastlabki kunlarda Kursk oblastida egallab olişga muvaffaq bölgan hududning kamçiliklaridan biri şunda ediki, u mohiyatan uç tomoni Rossiya nazoratidagi hududlar bilan öralgan xanjar şaklini hosil qilgandi. Bu esa ukrainlar uçun noqulaylik tuğdirardi, çunki bu «xanjar» uç tomondan artilleriya öqlariga nişon böladi.

BBC rus xizmati şarhlovçisi Pavel Aksenov frontdagi sönggi voqealarni tahlil qildi.

Ikki haftalik janglar davomida Ukraina qurolli kuçlari oldinga çuqur kirib borişga intilmadi, balki qanotlarga hujum qilib, egallangan hududlarni ikki yonga kengaytirişga harakat qildi. Endi bu Rossiya hududiga sançilgan xanjar emas, balki çegara böylab çözilgan keng hududga aylandi.

Şu bilan birga, ukrainlarning Kursk oblastiga bosqinining ilk kunlariga xos bölgan şiddatli temp ança past tezlikdagi yuriş harakatlari bilan almaşdi.

Hozirda Ukraina qurolli kuçlari egallab turgan hudud çegaralarini aniq belgilaş qiyin, birinçidan, uruş mavhumliklari tufayli — harbiy harakatlar hududidan ma’lumotlar yoki juda keçikib kelmoqda, yoki bunday ma’lumotlarni tasdiqlaş juda qiyin böladi.

Ikkinçidan, doim ham biror qişloqda kiçik bir otryad turgani hudud ustidan nazorat örnatilganini anglatmaydi — ukrainlarning razvedka otryadlari Rossiya hududi böylab ança içkari kirişi mumkin, ammo bu mazkur hududlar Ukraina nazoratiga ötdi, degani emas.

Ukraina qurolli kuçlari qöşni mamlakat hududiga kattagina kuç olib kirganini Rossiya mudofaa vazirligining janglar va otişmalar töğrisidagi bayonotlari ham tasdiqlaydi.

Duşanba tongida vazirlik öz hisobotida Kursk oblastining RF armiyasi tomonidan öqqa tutilgan aholi yaşaş manzillarini sanagan: Borki, Bogdanovka, Vişnevka, Viktorovka, Kositsa, Lyubimovka, Melovoy, Snagost.

Uşbu aholi yaşaş manzillari hududlarida janglar davom etmoqda va ular ayni vaqtda qaysi tomon nazoratida ekanini aniq aytib bölmaydi. Ular Rossiya mudofaa vazirligi svodkasiga kiritilgani fakti ukrain manbalaridagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi: Ukraina hozirda nazorat qilayotgan hududlar Borkidan şimoli-ğarbdagi Korenevo çekkalarigaça (ular orasidagi masofa qariyb 50 kilometr) çöziladi va şimolda Martinovki va Kositsagaça (çegaraning eng yaqin nuqtasigaça masofa 15 kilometr) kirib borgan.

Borki Ukraina nazorati ostidagi hududning öng qanotida, Korenevo — çapda joylaşgan.

Rossiya Ukraina bosqini boşlanişi zahoti Kursk oblastiga zaxira kuçlarni yuborişni boşlagandi

Rossiya mudofaa vazirligi svodkasida Vişnevka, Snagost va Viktorovka qişloqlarini ham uçratiş mumkin. Uşbu hududlarda ham jang ketayotgani şuni körsatadiki, Ukraina qurolli kuçlari çegara böylab ğarbga — Sudja rayonidan Gluşkovo rayoni içkarisiga qarab intilmoqda.

Çegara böylab harakatlaniş qulayroq, bu ta’minot yöli uzayib ketmasligini ta’minlaydi.

Ukraina qöşinlarining harakat yönalişi özgarişiga aynan nima sabab bölganini aytiş qiyin: bir tomondan, Ukraina qurolli kuçlariga hududni kengaytirib, qanotlar himoyasini yaxşilaş foydali, boşqa tomondan — Rossiya zaxira kuçlarni tezda olib kelişga va ukrainlar yorib ötgan yönalişda markazdan çuqurroq kirib borişini töxtatişga muvaffaq böldi.

Masalan, Martinovka atrofida janglar ukrain bosqinining ilk kunidan buyon davom etmoqda. Bu qişloq Sudjadan atigi beş kilometr şimolroqda joylaşgan. Ya’ni ukrainlarning Rossiya içkarisiga harakati juda tez töxtatilgan.

Şuning uçun, Ukraina qurolli kuçlari nazorati ostidagi hududlarni yon tomonga kengaytiriş sabablari noma’lumligiça qolmoqda. U rossiyaliklarning harakatlari natijasi bölişi ham, oldindan tayyorlangan rejaning bir qismi bölişi ham mumkin.

Uç köprik

Gluşkovo rayoni Ukraina çegarasiga tutaş bölib, u allaqaçon uç tomondan örab olingani ayon böldi. Ğarb va janubda Ukraina davlati hududi, şarqda esa — Kursk oblastining Sudja rayonining katta qismini işğol etgan Ukraina qurolli qismlari joylaşgan.

Gluşkovo rayonini ğarbdan şarqqa tomon oquvçi Seym daryosi kesib ötgan va hududni ikkita noteng qismga ajratgan — janubdagi katta qism Ukrainaga çegaradoş, kiçikroq qismi şimoliy sohilda qolgan.

Gluşkovo rayonida mudofaalangan rus qöşini ta’minoti Karij, Zvannoye va Gluşkovo posyolkalari hududida Seym daryosi orqali ötgan uçta köprik orqali olib borilgan. Bu köpriklar — Rossiya mudofaasidagi eng zaif nuqtalar edi va ular allaqaçon zarbaga uçradi.

Razvedka droni orqali olingan kadr. Unda Gluşkovo qişloği hududida Seym daryosi ustidan ötgan köprikda aviabomba portlaşi aks etgan. Köprikning ötiş yöli yakson etilgan. Köprik örtasidagi oq doğlar — portlaş tufayli oldinroq GMLRS raketalari zarbasi natijasida hosil bölgan teşiklardan kötarilgan tutun buluti

16 avgust kuni ukrain aviatsiyasi Gluşkovoda oldinroq yöllangan zarbalardan şikastlangan köprikni butkul qulatdi. Ikki kun ötib ukrainlar Zvannoyedagi ikkinçi köprikka ham zarba berişdi. U butkul yakson bölmagan, ammo u oğir zirhli texnikalarni ötkazib bölmaydigan darajada yaroqsiz holga kelgan.

Duşanba tongida esa uçinçi köprikka ham zarba berilgani haqida xabar paydo böldi, ammo bu ma’lumot mustaqil manbalar orqali tasdiqlanmagan. Nima bölganda ham işonç bilan aytiş mumkinki, Ukraina qurolli kuçlari bu köprikni ham işdan çiqarişga harakat qiladi.

Agar bu köprik ham qulatilsa, unda Gluşkovo rayonidagi rus qöşinlari ta’minoti masalasi haddan taşqari qiyinlaşadi — daryo uzra ponton keçuvlar örnatiş mumkin, ammo bunday qurilmalar raketa va artilleriya zarbalari qarşisida juda zaifdir.

Şunga qaramay, Rossiya armiyasi allaqaçon bunday ötiş yöllarini barpo etişga kirişgan. Gluşkovo qişloği hududida şunday keçuv yöli 16 avgust kuniyoq, köprik vayron bölişi ortidan paydo bölgan.

Yakşanba kuni sun’iy yöldoş orqali olingan fotosuratlarda uşbu hududdagi ikkinçi keçuv yölini ham köriş mumkin. Seşanba kuniga kelib esa u tasvirlardan yöq bölib qolgan. Mazkur ponton keçuv yöq qilingani haqida işonçli dalillar paydo bölmadi, ammo uni şunçaki ruslarning özi olib taşlaşida ham ma’no yöq.

Şu bilan birga, rossiyaliklarning dronlari Ukraina Rossiya hududidagi köpriklar va ponton keçuvlarga zarba berişda foydalanayotgan GMLRS raketalari uçiriladigan qurilmalarni qidirmoqda.

Rossiyalik harbiy mavzuga ixtisoslaşgan blogerlar tasdiqlaşiça, Rossiya kamida bitta HIMARS qurilmasini yöq qilgan. Rossiya va Ukrainaning yöqotişlarini oçiq manbalar orqali kuzatib boruvçi Oryx tadqiqot loyihasi uşbu yöqotişni yöq qilingan va şikastlangan HIMARS tizimlari röyxatiga kiritgan.

Harbiy harakatlar hududini ihotalaş

Rossiyalik harbiy muxbir Vladimir Romanovning yozişiça, Ukraina qurolli kuçlari köpriklarga zarba berişdan taşqari Ye38 yölida FPV-dronlardan foydalanmoqda.

Bu ma’lumotni boşqa manbalardan tasdiqlaşning imkoni yöq, ammo Kursk oblastiga bosqin boşlangan ilk kunlardayoq turli şarhlovçilar ukrainlar uşbu yölni olov nazoratiga olişga intilişini taxmin qilişgandi. Bu haqda, xususan, rossiyaliklarning «MIG Rossii» nomli harbiylaşgan kanali 8 avgust kuniyoq yozgan.

Amerikadagi Uruşlarni örganiş instituti 14 avgust kungi hisobotida rossiyaliklar şoşilinç tarzda Ye38 şossesi böylab mudofaa inşootlari qurişga kirişgani haqida xabar qilgan. Unda aytilişiça, rossiyalik harbiylar 12 avgust kuni xandaq va tanklarga qarşi öralar qaziy boşlagan.

«Zvezda» telekanal kadrida Ye38 şossesi orqali olib ötilayotgan harbiy texnika aks etgan

Bu şosse Rossiya front ortida joylaşgan Rilsk va Lgov şaharlariga olib boradi. Yöl töqnaşuv çiziğidan ança uzoqda bölsa ham (masalan, asosiy janglar ketayotgan Martinovka qişloğigaça uşbu yöldan masofa 42 km çiqadi), bu uçastkada amalda çegara çegara çiziğiga parallel ötgan va uni rokada yöl deyiş mumkin, ya’ni front çiziği böylab ötgan va qöşimça kuçlarni olib kelişda foydalanişga qulay bölgan yöl.

Rossiya tezda zaxira kuçlarni tortib kelib, ukrain qöşinining Kursk oblasti içkarisiga harakatini töxatgani tufayli ukrainlar bu yölni nazoratiga ololmadi.

Ammo uşbu yölni kesib qöyişga yoki olov nazoratiga olişga urinişlarning özi (şuningdek, Seymdagi köpriklarga zarbalar berilişi) ğarb harbiy nazariyasida «harbiy harakatlar hududini ihotalaş» deb ataladigan narsaga juda öxşab ketmoqda.

Bu atama raqib guruhi ta’minotini izdan çiqariş uçun kompleks çoralarni nazarda tutadi. Bu orqali raqibning jangovar samaradorligini sezilarli darajada pasaytiriş mumkin.

Ukraina qurolli kuçlari 2022 yil kuzida Xersonda şunday yöl tutgandi, öşanda frontorti hududlardagi köpriklar işdan çiqarilgaç, Rossiya qöşinlarini Dnipro daryosining öng sohilidan çap sohilga olib ötişga majbur bölgandi.

Ukrainlarning Germaniyadan qabul qilib olgan «Marder» jangovar piyodalar maşinasi Kursk oblastida

Şu tariqa, Seym ustidan ötgan köpriklarga zarbalar yöllanişi şundan guvohlik bermoqdaki, Ukraina qurolli kuçlari, katta ehtimol bilan, Gluşkovo rayoniga ham harbiy harakatlar maydoni sifatida qaramoqda.

Ammo ukrain kuçlarining Kursk oblastida bosib olingan hududlarni kengaytirişga qaratilgan umumiy harakatlari Gluşkovo rayonida ham keçayotganiga qaramay, Ukraina qurolli kuçlarining uşbu hududni ham egallab oliş niyati qançalik jiddiy ekanini aytib bölmaydi.

Nima bölganda ham, Rossiyadagilar voqealarning şunday rivoji xavfini tuşunib turibdi va rasmiylar uşbu rayondan ham aholini evakuatsiya qilmoqda.

Qarama-qarşilik

Ukraina qurolli kuçlari yaxşi tayyorlangan tuzilmalar bilan Kursk oblastida kutilmagan hujumni amalga oşiriş orqali taktik muvaffaqiyatga erişdi.

Endi, dastlabki zarbadan keyingi şok holati ötib ketganida, Rossiya Kursk oblastida mudofaani qurişga harakat qilmoqda.

Hozirda Ukraina qurolli kuçlari qismlarini bir hamlada ortga çekintiriş haqida gap ketmayapti, buning uçun frontning boşqa uçastkalaridagi kuçlarni qaytarib keliş talab etilişi tayin.

Rossiya Kursk oblasti mudofaasi uçun qöşin yiğayotganiga qaraganda, qömondonlik Ukrainadagi front bölinmalarini zaiflaştirişni istamayapti.

Rossiya şoşilinç tarzda turli hududlardan kuç yiğmoqda, frontning oldingi çiziğidagilarga tegmayapti

Şu tufayli Kursk oblastiga yirik kuçlar emas, frontning turli joylaridan olingan kiçik qismlar taşlanmoqda.

Rossiyadagi mustaqil naşrlar xabar qilişiça, Kursk oblastiga şoşilinçda hatto Havo-kosmik kuçlarining motoöqçi polki kabi ekzotik bölinmalar ham olib kelingan. Ular orasida doimiy joylaşuv manzili Belgorod oblastida (geografik jihatdan Kurskka eng yaqin joy) bölgan «Sever» qöşinlar guruhiga mansub bölinmalar köpçilikni taşkil etadi.

Ukrainalik harbiy bloger Konstantin Maşovetsning yozişiça, Rossiya Kursk oblastidagi frontga 14-armiya korpusi tarkibidan «beş-olti batalyon» yuborgan.

Şuningdek, OAVda Kursk atrofiga Xerson yönalişidagi 810-va 155-dengiz piyodalari brigadalari bölinmalari taşlangani haqida xabarlar çiqqandi.

«18 yoşli erkaklar»

Bundan taşqari, Rossiyadagi ijtimoiy tarmoqlarda va mustaqil OAVda Kursk atrofiga muddatli harbiy xizmatga çaqirilgan askarlar ham joylaştirilayotgani haqida xabarlar berilmoqda.

Yoş askarlar çegara hududlardagi janglarga ham jalb etilgan, ularning köpçiligi asir tuşgan, qurbonlar ham bor, ammo hozirça ularning soni aniq emas.

Bu vaziyat allaqaçon rezonans keltirib çiqarib, Rossiya qurolli kuçlari Boş harbiy-siyosiy boşqarmasi boşliği örinbosari (bir vaqtning özida çeçenlarning «Axmat» otryadi komandiri) Apti Alaudinov bunga munosabat bildirdi.

Lekin u yoş askarlar taqdiridan taşvişlanayotganlarni xotirjam qiladigan sözlar aytmadi va «18 yoşli erkak askarlarni bolalar sifatida körmaslik kerakligi […] — ular ham barça qatorida vatan himoyaçilari» ekanini bildirdi.

Muddatli harbiy xizmatga çaqirilganlar jangga yuborilişi noma’lum, ammo Kursk oblastida safarbar qilinganlar va şartnoma asosida xizmat qiluvçilar bilan töldirilgan qismlarda ham muammolar yetarliça.

Turli nuqtalardan parça-parça holatda yiğilgan guruh darhol töla jangovar holatga kela olmaydi — bunday bölinmalar izçillikda harakatlanişi uçun ma’lum vaqt ötişi kerak böladi.

Moskvadagilar guruh içkarisida yaxşi yölga qöyilgan hamkorlik yöqligi qançalik katta muammoga aylanişi mumkinligini tuşunadi, şu tufayli mudofaa vaziri örinbosarlari, harbiy boşqaruv organlari rahbarlari hamda Boş ştab vakillari darajasida Muvofiqlaştiruvçi kengaş tuzildi. Lekin u faqat haftada bir marta yiğiladi.

Ukraina ham Kursk oblastiga zaxira kuçlarini olib kelmoqda. Avvalroq Rossiya hududidagi amaliyotda Ukraina qurolli kuçlarining 22-mexanizatsiyalaşgan brigadasi hamda 82-desant-şturm brigadasi bölinmalari, şuningdek boşqa qismlar iştirok etayotgani haqida gaplar çiqqandi.

Ukraina va Rossiya guruhlari miqdori ma’lum emas — bu ma’lumot uruş tumani içida qolgan.

Ammo nima bölganda ham Kursk oblastidagi frontning yangi uçastkasiga qöşimça kuçlarni olib ötiş Ukraina qurolli kuçlari uçun osonroq — Ukrainadagi front çiziği katta yoy şaklini olgan va Rossiya uning taşqi tomonida, ukrainlarning barça logistik yönalişlari esa içkarida, bu esa rossiyaliklar yölini uzun, ukrainlarniki qisqa bölişini ta’minlaydi.

Ukraina qurolli kuçlari yuriş sur’atini pasaytirgan bölsa-da, köpriklarni vayron qilişga bölgan urinişlar Gluşkovo rayonida yuriş boşlaşga tayyorgarlik bölib körinmoqda.

Ularda buning uçun kuçlar qançalik yetarli ekanini aytiş qiyin, ammo nima bölganda ham mazkur hududda ukrainlarga qarşi turgan rus qöşini boşqa uçastkalardagi kabi jangovar kuç bölib körinmayapti.