Minnesota gubernatori Tim Uolz Demokratik partiyadan vitse-prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surilişini qabul qildi. Bu «şaraf», dedi Uolz 21 avgust, çorşanba kuni Çikagodagi Demokratik partiyaning milliy qurultoyida.
«Bugun barçamiz bu yerda gözal va oddiy sabab bilan – bu mamlakatni sevişimiz tufayli yiğildik», dedi u. 60 yoşli siyosatçi öz nutqida hayotining bosqiçlari, xususan, Nebraska ştatidagi kiçik şaharçadagi bolaligi va amerikaça futbol murabbiyi sifatidagi faoliyati haqida gapirdi.
Uolz va Harrisni Bill Klinton qöllab-quvvatladi
Şu kuni AQŞ sobiq prezidenti Bill Klinton qurultoyda sözga çiqib, Uolz va demokratlar tomonidan prezidentlikka nomzod sifatida körsatilgan AQŞ vitse-prezidenti Kamala Harrisni qöllab-quvvatladi. Harris va Uolz «amerikalik, ammo aql bovar qilmaydigan hayotiy voqealarga ega» ikki liderdir, dedi u. Klinton işonç bildirişiça, Harris va Uolz Qöşma Ştatlar uçun «toza havo» nafasi böladi va ularni saylagan amerikaliklar «butun umri davomida bundan faxrlanadi».
Çikagoda musiqaçilar Stivi Uander va Jon Lejyend, aktrisa Mindi Kaling, aktyor Kinan Tompson va teleboşlovçi Opra Uinfri ham çiqiş qilişdi.
Harris Demokratik partiya nomzodi sifatida tasdiqlanganini qabul qildi
Kamala Harris Illinoys ştatining Çikago şahrida bölib ötgan partiya milliy qurultoyida Demokratik partiyadan nomzod sifatida tasdiqlanganini qabul qildi. 20 avgust kuni AQŞ vitse-prezidenti Viskonsin ştatining Miluoki şahridan video-aloqa orqali qurultoyga qöşildi.
CNN Harrisning sözlaridan iqtibos keltirgan: «Biz sizning nomzodlaringiz bölişdan faxrlanamiz. Bu xalq kuçiga asoslangan kampaniya va biz birgalikda oldinga yangi yöl oçamiz», deya qöşimça qildi u. AQŞning barça ştatlari va hududlaridan kelgan delegatlar qurultoyda 59 yoşli Harrisni yoqlab ovoz berişdi, ammo bu faqat rasmiyatçilik böldi.












