Ukraina qurolli kuçlarining uçuvçisiz uçoqlari Murmansk viloyati hududiga hujum qildi. Bu haqda 21 avgust, çorşanba kuni mintaqa rahbari Andrey Çibis özining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, mintaqada «xavfsizlikni yaxşilaş uçun barça zarur çoralar» körilgan. 

Telegram-kanallar: Harbiy aerodromga hujum qilindi 

VÇK-OGPU Telegram-kanali Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida qatnaşgan aviatsiya joylaşgan Visokiy posyolkasi yaqinidagi «Olenya» harbiy aerodromi yaqinida Ukraina uçuvçisiz uçoği urib tuşirilganini ma’lum qildi. 

Navalniyning mahalliy ştabi sobiq koordinatori Violetta Grudina, öz navbatida, dron yöq qilinişi tasvirlangan videoni e’lon qildi. Uning sözlariga köra, video 19 avgust kuni yozib olingan va Murmansk viloyati tört kundan beri hujum ostida. 

Rosaviatsiya, şuningdek, Murmansk va Apatiti aeroportlari faoliyatini vaqtinça çekladi.

Ukraina «Olenya» aerodromiga hujum uyuştirilganini e’lon qilgan

2024 yil iyul oyi oxirida Ukraina ommaviy axborot vositalari maxsus xizmatlardagi manbalarga tayanib, Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi («GUR») uçuvçisiz uçoqlari tomonidan Murmanskdagi «Olenya» harbiy aerodromiga hujum qilingani haqida xabar berdi. Unda uzoq masofali strategik bombardimonçi-raketa taşuvçisi Tu-22M3 şikastlangan.

Keyinroq Ukraina Boş razvedka boşqarmasi vakili Andrey Yusov hujum natijasida ikki rus harbiy samolyoti zarar körganini ma’lum qildi.