Demokratik partiyaning Çikagodagi milliy qurultoyining oxirgidan oldingi kunida ğalabali muhit hukmronlik qildi. Kamala Harrisning şerigi sifatida tanlangan Tim Uolz ilk bor vitse-prezident sifatida mamlakat qarşisida çiqiş qildi. Şuningdek, Demokratik partiyaga a’zo bölmagan, lekin Donald Trampga qarşi bölgan qator maşhur şaxslar, jumladan teleyulduz Opra Uinfri ham sözga çiqdi.
AQŞning sobiq prezidenti Bill Klinton Demokratik partiya qurultoyi çoğida Kamala Harris va Donald Tramp örtasidagi tanlov yaqqol körinib turgani haqida gapirdi.
«2024 yilda bizda, menimça, ança oson tanlov böladi, — degan u. — Men ulardan qaysi biri mamlakatim uçun [prezident sifatida] köproq ma’qul bölişini bilaman».
Uning sözlariga köra, Harris amerikaliklarning muammolarini hal qilişga va ularning har birida «öz orzusini amalga oşiriş imkoni borligi»ga işontirişga qodir.
Klinton ortidan sahnaga Vakillar palatasi sobiq spiker, Demokratik partiyaning «çöqintirgan onasi» deb hisoblanadigan Nensi Pelosi (uning pozitsiyasi Jo Bayden saylov poygasidan çiqişga qaror qilişida hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgani aytiladi) ham kötarildi.
Pelosi Bayden-Harrisning ma’muriyatini «zamonaning eng muvaffaqiyatli jamoalaridan biri» deb atadi. «Men bilamanki, vitse-prezident Harris bizni yangi çöqqilarga olib çiqişga tayyor», — degan u.
Qurultoy sahnasida Demokratik partiyadagi boşqa nufuzli figuralar ham köriniş berdi. Vitse-prezidentlikka asosiy favoritlardan biri sanalgan Pensilvaniya gubernatori Joş Şapiro (sözamolligi va xarizmasi tufayli partiyada unga «Barux Obama» laqabini berişgan) şaxsiy erkinlik mavzusini kötardi, ta’lim, reproduktiv huquqlar va haqiqiy saylovlarga alohida e’tibor qaratdi.
«Byulletenda faqat Kamala va Timning nomlari yozilgan bölişi mumkin, lekin örtaga bizning huquq va erkinliklarimiz tikilgan», — degan u.

Çikagodagi qurultoyda kutilmaganda taniqli teleboşlovçi Opra Uinfri ham paydo böldi. Sönggi yillarda u siyosatdan uzoqlaşgandi.
2007 yilda u öşanda köpçilikka taniqli bölmagan Barak Obamaning prezidentlik uçun nomzodini qöllab-quvvatlagandi, ammo keyingi saylovlarda demokrat nomzodlardan heç birini, jumladan 2020 yilda Bayden va Harris juftligini ham taşviqot qilmaydi.














