Maişiy texnika importida yangi talab. Energosamaradorlik testlari köp vaqt va xarajat talab qilyapti
|23:05 / 20.02.202450 19313 min
Özbekistonga olib kiriladigan sovutkiç, muzlatkiç va konditsionerlar energosamaradorlik böyiça sinovdan ötkazila boşlandi. Bu sinovni faqat bitta korxona ötkazayotgani uçun tovarlar bojxona omborida uzoq qolib ketyapti, natijada omborda saqlaş xarajatlari oşyapti. Qolaversa, sinovning özi uçun ham tölov qiliş kerak. Kun.uz bu borada suriştiruv olib bordi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
2024 yil fevral oyidan boşlab Özbekistonga olib kiriladigan sovutkiç, muzlatkiç va konditsionerlar energosamaradorlik böyiça sinovdan ötkazila boşlandi. Bu sinov bayonnomasini olmasdan turib, ularga muvofiqlik sertifikati berilmaydi va tovarni Özbekistonda sotiş mumkin bölmaydi.
Bu haqda Kun.uz'ga bir neçta maişiy texnika importyorlari ma’lum qildi.
Ularning sözlariga köra, sinov bayonnomasini oliş qimmatga tuşyapti, çunki energosamaradorlik böyiça faqat bitta korxona – “Özeltexsanoat” uyuşmasi huzuridagi “Eltech-Lab” MÇJ sinov bayonnomasini bera oladi. Test natijalari çiqişi sovutkiç va muzlatkiçlar uçun 13 sutkani, konditsionerlar uçun esa 3-4 sutkani taşkil qiladi. Laboratoriya atigi bitta bölgani uçun hozirda 30 dan ziyod importyorlar navbati kelişini kutayotgani aytilmoqda.
“Men hozir konditsioner olib kirsam, “Eltech-Lab” 1 oyda navbatingiz keladi deydi, navbatim kelganidan keyin kamida 3 sutka yana kutişim kerak. Ungaça tovarim bojxona omborida turadi”, –deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan tadbirkor.
Yana bir tadbirkorning aytişiça, “taniş-biliş” bölgani uçun u kamida 1 oy kutişi kerak.
“Taniş-biliş bölgani uçun 1 oy kutişim kerakligini aytişdi, taniş bölmaganlar 2 oy kutişini aytişmoqda. 2 oydan keyin navbat kelsa, sovutkiç uçun 13 sutka, juda çözilsa 18 sutkada sinov natijalari çiqarkan. Bungaça olib kelgan tovarim bojxona omborida turadi, har bir kun uçun tölov hisoblanib ketaveradi”, deydi u.
Hozirça “Eltech-Lab” faqat sovutkiç, muzlatkiç va konditsionerlarni sinovdan ötkazmoqda.
Tadbirkorlarni norozi qilayotgan yana bir jihat – sinovdan ötkaziş tölovining qimmatligi. Ma’lum bölişiça, bir turdagi konditsionerni sinovdan ötkaziş tölovi 3 mln 800 ming sömni, sovutkiç esa 9 mln 700 ming sömni taşkil qiladi. Bundan taşqari, tadbirkor bir xil markali maişiy texnika import qilsa-da, har bir partiyada kelgan tovar qayta va qayta sinovdan ötkazilişi kerak.
“Deylik, men 4 xil firma işlab çiqargan konditsionerdan 50 tadan olib kelsam, 4 xilidan bittadan olib, laboratoriyaga topşirişim kerak. Har bitta konditsioner uçun 3 mln 800 ming sömdan tölov olişyapti, 15 mln 200 ming söm ularga pul tölaşim kerak”, deydi konditsioner olib kiradigan tadbirkor.
Mavzuga oid
Sovutkiç va muzlatkiçlar bilan boğliq vaziyat murakkabroq ekani aytilyapti.
“5 turdagi sovutkiçkiç olib kelaman, ularning uşlagiçi, tepa va pastki qismlari bölinganida 5 xil sovutkiç 25 xilga aylanadi. Jami 250 mln söm tölov qilişim kerak. Bunday tovardan bir oyda 4 marta olib kelsam, 1 mlrd söm tölaşim kerak.
Ekologik sinov biz uçun ança yengil, 1000 dona sovutkiçdan bir dona olib, sinovdan ötkazib berişadi, 1 dona tovar uçun tölov qilamiz.
Bir xil firma, bir xil mahsulot olib kiraman, nega energosamaradorlik testida har bir partiya alohida sinovdan ötkaziladi? Bitta narsaga beş marta tölov qilişga majburlaşyapti”, – deydi tadbirkor.
Barça tadbirkorlar uçun bitta laboratoriya işlagani sababli navbati kelişini kamida bir oy kutişga majbur böladigan tadbirkorlarning tovarlari sinov natijalari çiqqunça bojxona omborida turişi kerak.
Kun.uz'ning aniqlaşiça, 120 kub tovar (tadbirkorlar asosan şu hajmda tovar olib kirişini aytmoqda) bir kun bojxona omborida turişi 120 ming sömni taşkil qiladi. Bu bir oy uçun tadbirkorga 3 mln 600 ming söm ortiqça tölov degani.
“Bu şunçaki sun’iy ravişda importni çeklaş. Laboratoriya davlatning biror korxonasi sifatida taşkil qilinsa, mayli edi, qanaqadir bitta MÇJga bu huquq berib qöyilyapti.
“Eltech-Lab” energosamaradorlikni tekşiraman deb olib kelgan uskunaning özi qançalik işonçliligi borasida ham bizda savollar bor. Laboratoriyaga borib keldim, uç nafar odam ötiribdi: bitta direktor, bitta örinbosar va bitta işçi işlaydi.
4 dona xolodilnikni olib borsangiz, özingiz tuşirib berişingiz kerak. Laboratoriya xodimlari ham 3 kişi qanday qilib şunça importyorning tovarlarini sinovdan ötkazamiz deb şikoyat qiladi”, – deydi tahririyat bilan gaplaşgan maişiy texnika importçisi.
Sovutkiç import qiladigan tadbirkorlardan birining aytişiça, u olib kirayotgan maişiy texnikalar jahon brendlari bölib, ularning har bir uskunasi uçun köpdan köp patentlari bor.
“Brend sovutkiçlar olib kiraman. Ularning Yevropa, Amerikada zavodlari bor, ularni Xitoy apparati bilan tekşiriş umuman mantiqqa töğri kelmaydi.
Savollarimizga heç kim javob bermayapti. Nega bir xil narsani qayta-qayta sinovdan ötkazişim kerak. Konveyyerdan bir xil çiqadi-ku? Nega hozir “Eltech-Lab” degan bir MÇJgina sinovdan ötkazyapti? Nega ulardan boşqa taşkilot yöq? Tadbirkorlar navbati kelgunça 1-2 oylab navbatda turişi kerak, yöqotiladigan vaqtimizning xarajatlarini kimdir hisob-kitob qiladimi? Bundan taşqari, mavsumiylik degan masala ham bor”, – deydi u.
Bu talab qayerdan paydo böldi?
2019 yildagi 4422-sonli prezident qaroriga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan boşlab ilgari foydalanişda bölgan generator uskunalari, kuçlanişni pasaytiruvçi transformatorlar, elektr dvigatellar, şuningdek, energiya samaradorligi “B” va undan quyi toifadagi energiya sarflovçi maişiy elektr priborlarini Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriş taqiqlangan.
Özbekiston Respublikasi hududiga olib kirilişi taqiqlanadigan energiya samaradorligi “B” va undan quyi toifadagi energiya sarflovçi maişiy elektr priborlari röyxatiga 18 turdagi texnikalar kiritilgan. Bular – markaziy isitiş qozonlari, havo tortiş kolpaklari, konditsionerlar, sovitkiçlar, muzlatkiçlar, suv isitkiçlari, idiş yuviş maşinalari, kir yuviş maşinalari, çangyutkiçlar, mikrotölqinli peçlar, monitorlar, maişiy statsionar elektr plitalar kabilardir.
Texnik tartibga soliş agentligi matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, yuqoridagi hujjatga asosan maişiy texnikalarni testdan ötkazadigan sinov laboratoriyalarini işga tuşiriş katta mablağ – 1 mln dollardan 3 mln dollargaça talab qilgani bois işlar keçikkan. Birinçi laboratoriya (Eltech-Lab) işga tuşişi bilan birinçi bosqiçda sovutkiç va konditsionerlarni sinovdan ötkaziş boşlangan.
2023 yil 8 dekabrda agentlik tizimidagi Texnik jihatdan tartibga soliş, standartlaştiriş, sertifikatlaştiriş va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti 14 ta sertifikatlaştiriş idoralariga xat yuboradi (hujjat Kun.uz ixtiyorida bor). Unda isitiş qozonlari, sovitiş va muzlatiş uskunalari qöşimça ravişda energosamaradorlik böyiça sinovdan ötkazilişi şartligi nazarda tutiladi.
“Sertifikatlaştiriş idorasi tomonidan muvofiqlik sertifikati rasmiylaştiriş jarayonida barça körsatkiçlarni sinovdan ötkazib, muvofiqlik sertifikati rasmiylaştirişingiz söraladi. Sinovlar töliq ötkazilmagan holatlar aniqlanganda, uşbu mahsulotlar sifati kafolatlanmagan hisoblanadi va importiga taqiq kiritiladi”, – deyiladi xatda.
Sertifikatlaştiriş idoralari sertifikatlaştiriş işlarini bajarişda belgilangan tartib-taomillar buzilgan taqdirda 300 BHM (102 mln söm) miqdorida jarimaga tortilişidan ogohlantirilgan.
Şunday qilib, bu tovarlarni Özbekistonga olib kiruvçi tadbirkorlar muvofiqlik sertifikati olişi uçun avval energosamaradorlik böyiça sinov bayonnomasini olişi kerak, aks holda, ular bu mahsulotlarni olib kira olmaydi.
“Eltech-Lab”
Kun.uz muxbiri maişiy texnika importçisi sifatida “Eltech-Lab” MÇJga borib, ayrim savollarga javob oldi. MÇJ hozirda “Eltexsanoat” binosi içida, laboratoriya esa “Texnopark”da joylaşgan. Taşkilot xodimlarining aytişiça, 30 dan ziyod sovutkiç va konditsioner import qiluvçi firmalar sinov natijalarini kutmoqda.
“Narx – elektr toki iste’moli, uskunalarning xarajatlari va xodimlarning maoşidan kelib çiqib belgilanadi. Bir tekşirişda 12 ta xolodilnikni tekşira olamiz. Bitta sovutkiç 13 kun maboynida kamerada turadi”, – deydi xodimlardan biri. U tadbirkorlar kamida 1 oy kutişi kerakligini tasdiqladi.
Xodimlar nima sababdan bir xil markali tovar yangi partiyada kelsa, qayta sinovdan ötkazilişi haqidagi savolga javob bermadi.
“Yangi partiya tovar olib kelsangiz, yangi navbat va yangidan tölov qilib, kutasiz. Tovaringiz markasi bir xil bölsa ham, yangi partiyadan olib kiryapsizmi, böldi, sinovdan ötkazilişi kerak”, – deydi xodimlardan biri.
E’tiborlisi, 2024 yil 10 yanvarda qabul qilingan 15-sonli qarorda 2024 yilda “Özeltexsanoat” uyuşmasiga “Eltech-Lab” MÇJda sinov laboratoriyasini jihozlaş uçun davlat budjetidan bosqiçma-bosqiç 25 milliard söm miqdorida mablağ ajratiş közda tutilgan.
15-sonli qaror mahalliy işlab çiqaruvçilarga yangi imtiyozlar paketini taqdim etişi va importga qöşimça talablar kiritişi bilan yanvar oyida muhokamalarga sabab bölgandi. Keyinçalik bu hujjatning ayrim qismlari Adliya vazirligi ekspertizasidan ötkazilmagani, hujjatning özi esa Savdo-sanoat palatasi va Prezident huzuridagi kengaş bilan kelişilmagani ma’lum böldi.
“Eltech-Lab” MÇJ 2022 yil 11 noyabrda Toşkent şahri, Şayxontohur tumanida röyxatga olingan. Faoliyat turi – boşqa toifalarga kiritilmagan professional, ilmiy va texnik faoliyat. Ustav fondi – 1 mlrd 150 mln söm. Korxonaning 100 foiz uluşi Özbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari uyuşmasi – “Özeltexsanoat”ga tegişli.
Korxona rahbari sifatida Qöşaqov Sardorbek Inomjonoviç körsatilgan.
Nega bu huquq faqat bitta MÇJda?
Kun.uz'ning bu savoliga javoban Texnik tartibga soliş agentligining ma’lum qilişiça, şu yil 10 yanvardagi 15-sonli qarorning 8-bandiga asosan, texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan majburiy körsatkiçlarni aniqlaşni töliq ta’minlaydigan, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan ötkazilgan sinov laboratoriyasi mavjud bölmagan sertifikatlaştiriş organlari tomonidan elektrotexnika mahsulotlariga muvofiqlik sertifikatlarini beriş taqiqlangan.
“Bugungi kunda respublikada maişiy sovutkiçlar va konditsionerlarga talablarni belgilovçi ISO 5151, GOST R MEK 62552-3-2018, GOST R MEK 62552-2-2018 standartlari amalda bölib, uşbu standartlarda xavfsizlik, energiya samaradorlik va elektromagnit moslaşuvçanlik körsatkiçlarini aniqlaş böyiça talablar belgilangan.
Jumladan, “Eltech-Lab” MJÇ qoşidagi laboratoriya energiya samaradorlik körsatkiçini sinaş imkoniyatiga ega.
Yuqorida körsatib ötilgan qolgan körsatkiçlar böyiça sinovlarni 14-sertifikatlaştiriş idorasi qoşidagi akkreditlangan sinov laboratoriyalarida amalga oşiriş imkoniyati bor.
GOST R MEK 62552-3-2018, GOST R MEK 62552-2-2018 standarti talablariga köra, maişiy sovutkiçlarning sinov jarayoni 13 sutkani, konditsionerlarniki 3 sutkani taşkil qiladi”, – deyiladi agentlik izohida.
Agentlik matbuot kotibi Abdurauf Rasulov bergan qöşimça izohga köra, hozir energosamaradorlik böyiça respublikada akkreditatsiyadan ötgan bitta laboratoriya bor, yilning oxirigaça 2 ta laboratoriya taşkil qilinadi.
“Özimizdagi laboratoriyani 204 mln yevro Koreya granti asosida qilyapmiz. “Eltexsanoat” ham laboratoriyasini kengaytiradi. Hozirgi bilan qöşilgan holda yangi laboratoriya taşkil qilinadi”, – dedi agentlik matbuot kotibi öz izohida.
U nima sababdan laboratoriyalar soni köpaytirilib, tanlov imkoniyati yaratilganidan keyin bunday majburiy talab qöyilmadi, degan savolga agentlik mas’ul boşqarmasi javobini taqdim qildi:
“Tadbirkorlik şunaqa soha-da, pul nuqtayi nazaridan işlaydi. Ular bunday talablar qöyilayotganini oldindan bilgan, şunga qaramay mol olib kelgan. Bugungi kunda bitta laboratoriya ekanini bilib turib ham mol olib kelyapti. Xuddi şu qulaylik yaratib beriş uçun 2400 yevroga biz, qariyb 1 mln dollarga “Eltexsanoat” yangi laboratoriya qilyapti. Laboratoriyani taşkil etiş bitta uskuna, ikkita odam bilan bölib qolmaydi, katta mablağ bilan böladigan masala bu.
Navbatlar masalasini ham öylayapmiz. Smena qöyib, 24 soat laboratoriyani işlatiş masalasini ham körib çiqyapmiz”.
Texnik tartibga soliş agentligiga köra, yil oxirigaça işga tuşadigan laboratoriyalar imkoniyatidan kelib çiqib, boşqa maişiy texnikalarni ham energosamaradorlik böyiça sinovdan ötkaziş boşlanadi.