Kelgusi haftada Rossiya parlamentining quyi palatasi deputatlari sudlangan barça migrantlarni mamlakatdan çiqarib yuboriş töğrisidagi taşabbusni kiritişadi. Bu haqda Davlat dumasining davlat qurilişi va qonunçilik böyiça qömitasi raisi örinbosari Sardana Aksentyyeva öz Telegram kanalida ma’lum qilgan.

Endi unçalik ijtimoiy zarari yuqori bölmagan qilmiş uçun ham sudlangan migrantlar Rossiyadan deportatsiya qilinişi mumkin.

Deputatlar sudlanganlikka ega migrantlarni, hattoki sudlanganligi olib taşlangan yoki söndirilgan bölsa ham mamlakatdan çiqarib yuborişni taklif qilişmoqda.

«Sudlanganlikka ega absolyut barça migrantlar, şu jumladan sudlanganligi olib taşlangan va söndirilgan bölsa ham qayta kirişiga taqiq bilan mamlakatdan çiqarib yuborilişi kerak», — deb yozgan u.

Aksentyyevaning qöşimça qilişiça, sudlangan migrantlarni vaqtinçalik yaşaş guvohnomasi (RVP) va istiqomat izni (VNJ)dan ham mahrum qiliş kerak.

Deputatning yodga solişiça, Rossiyada ayni damda qasddan sodir etilgan jinoyatlar uçun sudlanganligi olib taşlanmagan yoki söndirilmagan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarning mamlakatga kirişi taqiqlangan. Biroq jazo muddati tugagaç, bunday fuqarolar Rossiyaga bemalol kirib kelişi mumkin.

Deputat toki migratsion siyosatda tartib bölmas ekan, islom radikalizmi holatlariga qarşi kuraşib bölmasligini ta’kidlagan.

Bundan taşqari, u Turarjoy Kodeksini ham qayta körişga çaqirmoqda. Aksentyyeva Rossiyada tobora köpayib borayotgan «ibodat uylari»ga çek qöyiş kerakligini ta’kidlagan.