2021 yilda «Tolibon» Kobulni egallaganda Afğonistondan Özbekiston hududiga bir qança harbiy samolyot va vertolyotlari uçib ötgan edi. AQŞ va Özbekiston rasmiylari uşbu aviatexnikalarning keyingi taqdiri böyiça kelişuvga erişgan. Bu haqda AQŞning Toşkentdagi elçisi Jonatan Henik Kun.uz'ga ma’lum qildi.
«Harbiy texnikalar Özbekistonda böladi. Ha, bu allaqaçon rasmiy», — dedi elçi aviatexnika jihozlari Özbekistonda qoladimi, degan savolga javob berar ekan. Diplomatning sözlariga köra, tomonlar allaqaçon qöşma dasturni amalga oşirişni boşlagan.
«Uşbu texnikalar heç qaçon afğonlarniki bölmagan, ular amerikaliklarniki edi. Afğon armiyasi undan foydalandi, lekin biz hamişa xöjayin bölganmiz», — dedi Henik.
Afğoniston matbuotiga köra, «Tolibon» Afğonistonda hokimiyatni qölga kiritgunga qadar 164 ta jangovar samolyot bölgan, hozirda ularning soni 81 ta. Afğoniston harbiy-havo kuçlari uçuvçilari samolyot va vertolyotlarning bir qismini Özbekiston va Tojikistonga olib ötişga muvaffaq bölgan.
Xususan, 2021 yilda, «Tolibon» Kobulni egallagan kunlarda bortida 585 nafar afğonistonlik harbiy xizmatçi bölgan 22 ta harbiy samolyot va 24 ta vertolyot (Embraer EMB 314 Super Tucano, UH-60 Black Hawk, MD-530, PC-12 va Mi-17) Özbekiston havo hududini kesib ötgan.
«Tolibon» uşbu havo kemalari Afğoniston mulki ekani va ular qaytarilişi lozimligi haqida bir neça bor bayonot bergan. Öz navbatida Özbekiston rasmiylari samolyot va vertolyotlar AQŞ mulki ekanini va ularni qaytarib bölmasligini bildirib kelayotgandi.
Pentagon rasmiy vakili Jon Kirbi ham Özbekiston aviatexnikalarni Afğonistonga qaytarmasligini aytgandi.

















