Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 18-umumiy örta ta’lim maktabida öqituvçilar “Taşabbusli budjet”da maktab uçun qoldirilgan taşabbusga ovoz yiğişga jalb qilinyapti. Bu haqda Kun.uz'ga maktab xodimlari xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, “Taşabbusli budjet” loyihasining 2-mavsumida maktab tomonidan “Oçiq budjet” portaliga Romitan tumani “Şörça” MFYda joylaşgan 18-maktabni ta’mirlaş va moddiy-texnika bazasini rivojlantirişga oid taşabbus bildirilgan. Loyiha qiymati 1,2 mlrd söm etib belgilangan.
Portalga joylangan rasmlardan körinadiki, maktab texnik bazasi eskirib ketgan. Taşabbuskorlar sörayotgan narsalar: 1-4-sinf va 5-11-sinf til örganiş xonasi uçun jihozlar, sinf doskalari, kuzatuv kameralari, kutubxona uçun jihozlar, metallga va yoğoçga işlov beriş öquv ustaxonasi uçun jihozlar, oşxona uçun jihozlar, şuningdek, rahbar xonasi, sportzal, tibbiyot xonasi, öqituvçilar xonasi, faollar zali uçun jihozlardan iborat.
Maktab Telegram guruhida maktab rahbariyati öqituvçilarga “tezroq ovoz yiğiş”ni topşirgan.
“Boşqa maktablar bizdan oldinga ötib ketyapti, şunça yugurganimizni bir pul qilmaylik. Bizdan keyingi maktab 30 ta ovoz bilan pastda turibdi. Soat 1 yarimlarda ovoz yiğişga köçaga çiqsak, 3 yarimda yana çiqamiz”, – deyiladi audioda.
Öqituvçilar uyma-uy yurib, ovoz yiğişga majbur bölyapti. Ularning yozişiça, bu jarayon oson bölmayapti: “Odamlar bitta ovoz uçun 2 ta yoğ sörayapti”.
Bundan taşqari, Romitan tumanidagi 1-IDUM, 2-maktab, 7-maktab öqituvçilari ham ovoz yiğişga majburlanayotgani aytilmoqda.
“Maktabimizga rahmim keladi, holati juda açinarli. Jihozlar eskirib ketgan. Özimiz ham, bolalarimiz ham maktabimiz yutişidan manfaatdormiz. Bir bizda emas, boşqa maktablarda ham şu ahvol – öqituvçilar uyma-uy yurib, ovoz töplab yuribdi”, – deydi 18-maktabda faoliyat yuritadigan öqituvçilardan biri.
Ovoz töplaşga majburlaş – majburiy mehnat sifatida tasniflanadi
Prezident qaroriga köra, “Taşabbusli budjet”da qöl ostidagi xodimlarini ovoz töplaşga majburlaş – majburiy mehnatga jalb qiliş sifatida tasniflanadi.

















