Apple joriy yilgi öz mahsulotlari namoyişiga bağişlangan tadbirni 10 sentabrda ötkazişni rejalaştirmoqda. Uning doirasida yangi iPhone modellari seriyasi, soatlar va AirPods taqdim etiladi, deb xabar beradi Bloomberg.

Aniq sana hozirça e’lon qilinmagan bölsa-da, kompaniya aynan 10 sentabr kuni taqdimot ötkazişga tayyorgarlik körmoqda. Şundan söng telefonlar 20 sentabrdan boşlab sotuvga çiqadi — bu Apple’ning oxirgi yillardagi siyosatiga mos keladi.

Tahlilçilar iPhone 16 seriyasi keskin özgarişlarga ega bölişi va iPhone’lar uçun dasturiy ta’minot yangilanişini kutmoqda. U sun’iy intellekt funksiyasini öz içiga oladi.

Yangi savdolar Apple daromadining ortişi va sun’iy intellekt yordamida foydalanuvçilarni jalb etişi fonida yuz bermoqda. Biroq uçinçi çorakda kompaniyaning Xitoydagi savdolari kutilganidek bölmadi. Visible Alpha ma’lumotlariga köra, Apple’ning uçinçi çorakda Xitoydagi savdolari 6,5 foizga tuşib ketgan.

Apple kompaniyasi iyun oyida ötkazilgan har yillik anjumanida sun’iy intellekt sohasidagi uzoq kutilgan strategiyasini taqdim etgandi. Apple Intelligence nomini olgan yangi texnologiya bir qator dasturlarni, jumladan, Siri’ni, ChatGPT çat-botini özida özida birlaştiradi.

Avgust boşlarida Apple iPhone 16 seriyali smartfonlarini ommaviy işlab çiqarişni yölga qöygani töğrisida xabar berilgandi. Apple 90 million yangi telefon çiqarişi kutilmoqda. Şu bilan birga Samsung Display va LG Display korporatsiyani 120 million panel bilan ta’minlaydi.