Daniyalik sariyoğ magnati Lars Emil Brun 1923 yilda vafot etganida öz vasiyatnomasida qiziq bir bandni qoldirgan: uning umri davomida yiğgan tangalar, banknota va medallar töplami yöqolib ketiş xavfi bölsa, Daniya milliy kolleksiyasida saqlanişi, agar barçasi yaxşi bölsa, oradan 100 yil ötgaç, uning xazinasi avlodlari foydasiga sotilişi kerak edi.
Belgilangan 100 yillik muddat yakunlanganiga keyingi oy bir yil tölişi munosabati bilan Brunning 20 mingta tangadan iborat şaxsiy töplami auksionga çiqariladi. Brun «sandiğini quritiş» uçun bir neçta savdolarni amalga oşirişga töğri keladi, ammo yakunda savdoda tuşgan pullar uni eng qimmat tangalar kolleksiyasiga aylantirişi kutilmoqda. Le Brun töplami 500 million kronaga (72,5 million dollar) suğurta qilingan. Kimoşdi uyi uni savdolarga çiqarilgan eng qimmat töplam deb atamoqda.
Numizmat kolleksiyasi oxirgi 100 yil davomida qayerda saqlangani sir tutilgan. Brun Birinçi jahon uruşidan keyingi vayronalar tufayli tanga va medallar töplami bombardimon natijasida yöqolib ketişidan xavotirlanib, uni yaşirib ketgan — sanoqli odamlargina uning qayerdaligidan xabardor.
Brun öz töplamini yiğişni bolaligidan, 1859 yilda amakisi vafot etib, uni merosxörlardan biri sifatida tayinlaganidan keyin boşlagan. Yigitça qarzga saryoğ sotiş böyiça biznesini boşlaydi va oxir-oqibat katta boylik töplaşga muvaffaq böladi. Boyligi tufayli u tangalar töplamiga qiziqib qoladi va 1885 yilda Daniya numizmatlar jamiyati asosçilaridan biriga aylanadi.
Stack's Bowers kimoşdi uyi tomonidan 14 sentabrda ötkaziladigan birinçi savdolarda Daniya, Norvegiya va Şvetsiyada XV asr oxirlaridan boşlab işlab çiqarilgan 280 dan ortiq oltin hamda kumuş tangalar sotuvga qöyiladi. Eng maşhur lotlardan biri — Skandinaviyaning qadimgi oltin tangasi bölib, u 1496 yilga tegişli. Mazkur tanga 600 ming yevroga sotilişi mumkin.












