Rossiya qöşini 27 avgustga ötar keçasi Ukraina böylab navbatdagi yopirilma zarbalarni yölladi. Kiyevda tunda uçta portlaş ovozi eşitilgan, deb xabar beradi Reuters guvohlarga tayanib. Kiyev rasmiylari xabar qilişiça, rossiyalik harbiylar zarbdor dronlar, ballistik, qanotli va aeroballistik raketalarni qöllagan holda Ukraina böylab kombinatsiyalaşgan hujum uyuştirgan.
Kiyev şahri harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popkoga köra, Kiyevda tun davomida tört bor havo trevogasi e’lon qilingan: dastlab dronlar hujumi tufayli, keyin — Ukraina regionlari yönalişida «Kinjal» raketalarini uçiruvçi MiG-31K qiruvçi samolyoti havoga kötarilganida. Ertalabki soat beş atrofida Tu-95MS strategik bombardimonçisi Kiyev tomon X-101 qanotli raketalarini uçirgan. «Havo zarbasi, keça bölgani kabi, yana uçuvçi öq-dorilar hujumi tölqini bilan yakunlandi», — degan Popko. Uning sözlariga köra, havo hujumidan mudofaa kuçlari 15 ga yaqin zarbdor dronlar va bir neça raketani urib tuşirgan. «Ukraina poytaxtiga uçgan narsalarning barçasi — yöq qilindi», — deya tasdiqlagan u. Popko Dniprovsk va Desnyanskiy rayonlaridagi daraxtzor hududga parçalar tuşgani, yonğin kelib çiqqanini qöşimça qilgan.
Kriviy Rihda rossiyaliklarning «Avrora» mehmonxonasiga yöllangan raketa zarbasi oqibatida ikki kişi halok bölib, beş kişi jarohatlangan, deb xabar bergan Dnipropetrovsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisak. Tört qavatli bino qisman vayron bölgan. Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xodimlari xarobalar ostidan beş kişini çiqarib olişgan. Ulardan ikki nafari — 43 yoşli ayol va 37 yoşli erkak — oğir va örta darajadagi ahvolda şifoxonaga yotqizilgan. Xarobalar ostida yana ikki kişi qolayotgan bölişi mumkin. Ukraina rasmiylariga köra, mehmonxonadan taşqari, atrofdagi oltita dökon, törtta köp qavatli uy va sakkizta avtomobil ham şikastlangan.
Rossiyaning RIA Novosti agentligi «rossiyaparast qarşilik harakati» ma’lumotiga asoslanib, Ukraina qurolli kuçlarining xorijlik instruktorlari joylaştirilgan mehmonxona zarbaga uçragani, göyoki u yerdan ingliz tilida sözlaşuvçi 15 nafar jabrlanuvçi olib çiqilgani haqida xabar tarqatgan.
Zaporijjya oblastining Ukraina tomonidan tayinlangan qonuniy rahbari Ivan Fedorov tunda rossiyaliklarning dronlar hujumi vaqtida mahalliy aholi vakillaridan uç kişi halok bölib, beş kişi yaralanganini ma’lum qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, uçuvçisiz uçar qurilmalar Zaporijjya şahri va Zaporijjya rayoniga jami yetti bor zarba bergan. Portlaş tölqini va dronlar parçalari tuşişi oqibatida xususiy turar joy binolari şikastlanib, yonğin röy bergan. Ukraina IIV ma’lumotiga köra, hujum oqibatida uy, infratuzilma obekti, transport vositalari va garajlar şikastlangan. Vazirlikdagilar aytişiça, ikki kişi halok bölib, tört kişi yaralangan.














