27-28 avgust kunlari Yunus Rajabiy nomidagi Özbek Milliy musiqa san’ati institutida “Şarq xalqlari musiqa madaniyati: globallaşuv jarayonlarida ijodiy uyğunlaşuv tamoyillari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ötkaziladi.
“Şarq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali doirasida taşkil qilinayotgan mazkur anjumanda 32 xorijiy davlatdan 46 nafar musiqaşunos, folklorşunos va madaniyatşunos olimlar, şuningdek, nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari va ilmiy-ijodiy markazlar rahbarlari qatnaşadi.
Anjumanda ilmiy yangilik sifatida tasniflanayotgan “Maqom kapsulasi” taqdimoti bölib ötadi. Şuningdek, maqomning ijro vaqti hamda uning inson ruhiyatiga ijobiy ta’siri töğrisidagi ma’lumotlar jamlangan “Qöllaş böyiça yöriqnoma” ham taqdim etiladi.
Konferensiya mobaynida TURKSOY qoşidagi “Turkiy davlatlar san’at universitetlari ittifoqi” rezolyutsiyasi qabul qilinişi va turli davlatlar oliy ta’lim muassasalari örtasida hamkorlik memorandumlari, Xitoy, Fransiya, Rossiya, Germaniya, Gambiya, Ummon va Iordaniya davlatlaridagi oliy öquv yurtlari, xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari bilan jami 12 ta özaro hamkorlik şartnomalari imzolanişi rejalaştirilgan.
Uşbu hamkorliklar qöşma ijodiy loyihalar, xalqaro festivallar va darslar ötkaziş, ilmiy tadqiqotlar va nazariy ma’ruzalar öqiş kabi sohalarni qamrab oladi.
Sessiyalarda milliy musiqa san’atini turkiy davlatlar musiqa madaniyati bilan uyğunlaştiriş, innovatsion ta’lim texnologiyalarini keng joriy etiş kabi masalalarning ham muhokama qilinişi ta’kidlangan.











