Afğonistonning Özbekistondagi yangi elçisi etib Abdulğaffor Tiroviy tayinlandi. Bu haqda Afğoniston Taşqi işlar vazirligi uçinçi siyosiy departamenti direktori Zokir Jaloliyga tayanib TOLOnews xabar berdi.
Tiroviyning millati özbek bölib, diplomatik missiya rahbari etib tayinlanişidan oldin Afğoniston Oliy sudida tadqiqot bölimi direktori lavozimida işlagan. U Özbekistondagi elçi lavozimida Muğfurulloh Şahob örnini egalladi.
Qayd qilinişiça, Şahob Afğoniston kon va neft vaziri Şahobiddin Dilovar öğli sifatida tanilgan. «Tolibon» yetakçisi Haybatulloh Oxundzoda mansabdor şaxslarning oila a’zolari yoki qarindoşlarini davlat lavozimlariga tayinlaşni taqiqlaganidan keyin Şahob lavozimini tark etdi.
«Tolibon» radikal harakati Afğonistonda hokimiyatni 2021 yil avgust oyi örtalarida qölga kiritgan edi. «Tolibon» hukumati dunyoning heç bir davlati tomonidan tan olinmagan. Xalqaro hamjamiyat «Tolibon»dan Afğonistondagi turli etnik-siyosiy kuçlar vakillari va ayollardan iborat koalitsiya hukumati tuzişni talab qilmoqda.
2023 yil sentabr oyida Xitoy «Tolibon» hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Afğonistonga rasman yangi elçi tayinlagan birinçi davlat bölgan edi.












