Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) boş direktori Rafael Grossi Kursk atom elektr stansiyasi (AES)ga yetib keldi va uni közdan keçirişni boşladi, deb xabar berdi TASS 27 avgust, seşanba kuni.
Bir kun avval Grossi mintaqadagi jangovar harakatlar tufayli vaziyatning jiddiyligini inobatga olgan holda Kursk yaqinidagi stansiyani tekşirişga şaxsan özi rahbarlik qilişini aytdi. «Barça atom elektr stansiyalarining xavfsizligi AEXA uçun markaziy va asosiy ahamiyatga ega», dedi u va missiyaning maqsadi yadroviy inşoot xavfsizligi va xavfsizligini mustaqil baholaş ekanligini ta’kidladi.
AEXA rahbari, şuningdek, Rossiya qöşinlari tomonidan egallab olingan Zaporijjya AESda xavfsizlikni ta’minlaş zarurligini eslatib, xuddi şunday talablar boşqa barça atom elektr stansiyalariga ham tegişli ekanligini ta’kidladi.
Rossiya yana Ukrainani Kursk AESga hujum qilişga urinişda aybladi
Ukraina qurolli kuçlari 22 avgustga ötar keçasi Kursk atom elektr stansiyasiga uçuvçisiz uçoq bilan hujum qilişga urindi. Bu haqda 23 avgust kuni TASS Rossiya davlat agentligi huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib ma’lum qildi. «2024 yil 22 avgustga ötar keçasi Kiyev rejimi AESda kamikadze dron yordamida yadroviy terrorçilik aktini amalga oşirişga urindi», — deya ismini oşkor etmagan suhbatdoşining sözlarini keltiradi agentlik.
«Dron Army of Drones deb belgilangan - bu Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi, Mudofaa vazirligi va Ukrainaning boşqa idoralarining qöşma loyihasi bölib, UUA işlab çiqiş va ularni Ukraina qurolli kuçlariga taqdim etiş uçun yaratilgan», - deya aniqlik kiritdi TASS.












