Fransiyaning Şamon toğ kurortida Mer-de-Glyas muzligiga yangi dor yöli qurişga töğri keladi: 90 yil oldin eski dor yölidagi vagonlar sayyohlarni töğridan-töğri muzga olib borardi, hozir esa muzlik şu qadar qisqarganki, eski bekatdan bir neça önlab metr pastga yuriş kerak.
Fransiyaning eng katta muzligi yöqolib borayotgani sababli, uni körişga ulgurib qoliş uçun hududga sayyohlar oqib kelmoqda.
“Muz bloklarini körmoqçi böldik: yil oxirigaça ular joyida bölmasa-çi. Şuning uçun kelişga qaror qildik. Bilamiz, bir neça yildan söng manzara avvalgidek bölmaydi”, — deydi sayyohlardan biri.
“Muz dengizi” deb tarjima qilinadigan Mer-de-Glyas hanuz Fransiyadagi eng katta muzlik hisoblanadi, Alp toğlarida esa ikkinçi örinda turadi. Ötgan asrda u uçdan bir qismga kamaydi, bu asr boşidan beri eriş darajasi keskin tezlaşdi.
“Uç-tört yil avval muzlik şu holatga yetib keldi. Öşandan beri u tor va ingiçkalaşgan. Muzlik tört-beş yil içida 40 metrni yöqotdi”, — deydi muzşunos Lyuk Moro.
Olimlarning fikriça, agar iqlim özgarişi hozirgi sur’atda davom etsa, Mer-de-Glyas asr oxiriga kelib butunlay yöq bölib ketişi mumkin.
Avvalroq olimlar Antarktidaning 75 mil kenglikdagi Tueyts muzligi şu asrda erib bitişi haqidagi gumonlarni rad etgandi.












