«Amerikada Google, Amazon’da ham işlaganman»

Men – Kanat Bektemirov. Özbekistonda tuğilib ösganman, Nukusda keyin Toşkentda yaşaganman. Amerikada 10-12 sinflarini öqiganman, Arkanzas ştatida. Arkanzas universitetida (University of Arkansas) kompyuter ilmi yönalişda öqiganman. Öqiş paytlarida Amerikada katta Big Tech kompaniyalari – Google, Amazon’da ham işlaganman, asosiy ofislarida.

Universitetdan keyin döstlarim bilan özimizning «Humanlink» degan startap kompaniyasiga asos soldik. Bu marketpleys edi. Özbekistonda farzandlar ota-onasi bilan yaşaşadi, Amerikada unday emas. 18 yoşdan keyin mustaqil çiqib ketadi, ota-onasi esa yolğiz qoladi. Şularga qaraydigan odam topib beradigan onlayn marketpleys edi. Unçalik yaxşi yurmadi, 1,5-2 yildan keyin yopdik.

200 mln dollarga sotilgan startap tarixi

2016 yillar edi. Bir örtoğim «CaseStack» degan kompaniyani yölga qöyayotgandi, meni ham çaqirdi. Şu bilan 2 yilça yurdik, kompaniya içida özimizning R&D (Research and Development) departamentimiz bölgan, Software programmalarni işlab körganmiz. Keyin «CaseStack»dan özimiz alohida çiqib ketdik. 2018 yillarda hamma işni noldan boşlab 15 mln dollar pul topdik, «fundrising» qildik. «SupplyPike» tarixi şundan boşlangan. Unda mening vazifam – Chief Technology Officer (CTO), bu texnik direktor. 1 oy oldin bizni SPS Commerce degan kompaniya $200 mln dollarga sotib oldi. Katta kompaniya sotib olgani bilan özimiz alohida işlayapmiz.

«Kompaniyaning 4 asosiy odamidan biriman»

2018 yildan boşlasak, kompaniya oçilgan paytdan beri unda işlayman, huquqiy nuqtayi nazardan asosçi emasman. Kompaniyada hozir 130 odam işlaydi. Mutaxassislik böyiça software injyeneriman (programmist), şundan boşlab bir-ikkita mahsulotlar çiqardik. Keyin kompaniyada 40-50 kişi bölganida strategik masalalar böyiça boş direktor bölganman. Qölimda 10-15 nafar odam işlardi. 3 yil oldin texnik bölimning asosiy direktori böldim – qölimda 40 taça mutaxassis işlaydi. Özi 4 ta asosiy odam bor – asosçi (SEO), texnik direktor, moliyaviy direktor, va COO.

Startap qanday işlagan?

Amerikada ta’minot zanjirlari (supply chain) deb ataluvçi juda katta supermarketlar va riteylerlar (çakana sotuvçilar) bor. Yeçilişi lozim bölgan muammo şundaki, Walmart, Amazon kabi yirik kompaniyalarda turli qoidalar bölib, ularga mahsulot yetkazib beruvçi ta’minotçilar bor. Deylik, bu katta kompaniyalarning omborlarida ma’lum miqdorda tovarlar qolib ketadi. Ular omborlarda qolib ketgan tovarlarni öz vaqtida yetkazib berişni xohlaşadi. Mahsulotlar omborlardan dökonga yetkazib berilganda kattaroq muammo yuzaga kelişi mumkin, supermarket işlab çiqaruvçiga buning uçun pul tölamaydi yoki jarima tölovi berişi mumkin.