Mustaqillik bayrami tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun 30 mingdan ortiq xodim jalb etiladi
Mustaqillik bayrami tadbirlarida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash uchun 30 mingdan ortiq IIO, Milliy gvardiya, FVV, harbiy xizmatchilar va jamoatchilik vakillari jalb etiladi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Mustaqillik bayrami tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun 30 696 nafar xodim jalb qilinadi.
Ichki ishlar vazirligi JXD axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonovaga ko‘ra, tadbirlar davomida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash uchun 16 832 nafar ichki ishlar organlari, 4677 nafar Milliy gvardiya, 1943 nafar Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va harbiy xizmatchilari hamda 7244 nafar jamoatchilik vakillari jalb etiladi.
Xodimlarga xizmatda foydalanish uchun 3037 ta metallodetektor, 1587 ta avtotransport, 7881 ta aloqa vositalari va 267 bosh xizmat itlari ajratildi.
Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan obektlarda 2107 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatilib, shundan 452 tasi hududiy ichki ishlar organlariga integratsiya qilindi hamda onlayn nazorat o‘rnatildi. Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylardan 150 metr uzoqlikda 396 ta avtoturargohlar tashkil etildi. Tadbir obektlariga fuqarolarni olib borish uchun 440 ta transport ajratildi.
Bayram tadbirlari va xalq sayllari o‘tkaziladigan joylarda transport vositalarining to‘g‘ridan to‘g‘ri kirib kelishini oldini olish maqsadida, temir panjara, beton to‘siq va taranlar o‘rnatiladi.
Zaruriy holatlarda esa, ayrim ko‘cha va yo‘llarda harakatning cheklanishi sababli, aylanma yo‘llar tashkil etiladi. Mazkur joylarga faqat xizmat ko‘rsatish transport vositalarining kirishiga ruxsat beriladi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin gubernatorlar maoshini keskin oshirdi
Jahon | 22:39
-
Litvada o‘lgan amerikaliklar: qutqarish amaliyoti xalqaro operatsiyaga aylanib ketdi
Jahon | 21:58
-
Pavel Durov Telegram’da virtual g‘ishtlar sotish ortidan 100 mln rubl ishlab oldi
Jahon | 21:55
-
1 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 21:40
Mavzuga oid

10:05 / 29.03.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston xavfsizlik maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

18:54 / 10.03.2025
O‘zbekiston terrorizm tahdidi past bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi

00:29 / 10.03.2025
Yevrokomissiya rahbari birinchi marta xavfsizlik masalalari bo‘yicha kollegiya yig‘ilishini chaqiradi

08:36 / 07.03.2025