Fransiya siyosiy elitasi, jumladan, prezident Emmanuel Makron Telegram asosçisi Pavel Durovga nisbatan ilgari surilayotgan e’tirozlarga qaramay, messenjerdan faol foydalanib keladi, deb xabar bermoqda Politico.
Naşr ma’lumotlariga köra, Makron Telegram’dan 2017 yili birinçi marta prezidentlik muddatiga saylanganiden beri foydalanib kelmoqda. Uning 30 mingdan ortiq obunaçiga ega oçiq kanali ham bor.
Prezidentlik kampaniyasi vaqtida fransuz maxsus xizmatlari xodimlari Makron jamoasini Telegram’dan foydalanişda ehtiyot bölişga çaqirgan. «Ular bizni kuzatişlari, akkauntlarimiz buzib kirilişi mumkinligi va Rossiya ilovasi bölgan Telegram’dan ehtiyotkorlik bilan foydalanişimiz lozimligini aytgan», — deydi Makronning yordamçisi.
Makron partiyasining Telegram’da yopiq kanali ham bölib, u yerda matbuot uçun bayonotlar muhokama qilinadi. Fransiya içki işlar vazirining ham xuddi şunaqa kanali bor.
Hukumatning boşqa messenjerlarga ötiş borasidagi çaqiriqlariga qaramay, Fransiyalik amaldor va siyosatçilar Telegram, WhatsApp va Signal’dan faol foydalanib kelmoqda.
Ikki kun avval Parijda uşlangan Telegram messenjeri asosçisi Pavel Durov kiberjinoyatçilikka oid tergov doirasida hibsga olingani haqida Fransiya poytaxti prokuraturasi 26 avgust, duşanba kuni keçqurun ma’lum qildi. Idora ma’lumotlariga köra, u, xususan, uyuşgan guruhlarning jinoiy faoliyatiga kömaklaşiş, ma’lumotlarni rasmiylarga topşirişdan boş tortiş hamda bolalar pornografiyasi, giyohvand moddalar savdosi, firibgarlik va jinoiy daromadlarni legallaştiriş bilan boğliq jinoyatlarga şeriklikda gumon qilinmoqda.
Öz navbatida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Telegram asosçisi Pavel Durovning hibsga olinişi haqida bayonot berib, bu siyosiy qaror emasligini, balki tergov bilan boğliqligini aytdi.












