Saylovlarda bir kishi “oilaviy” ovoz berish holatlarining oldi olinadi
Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga saylov jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim tuzatishlar kiritilmoqda.
Senatning navbatdagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonuni muhokama qilindi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur qonun har bir fuqaroning teng saylov huquqlari kafolatlarini mustahkamlash, “oilaviy” ovoz berish holatlarining oldini olish va saylov kampaniyalarida moliyaviy operatsiyalarning shaffofligini ta’minlashga qaratilgan. Qonun orqali Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga saylov jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim tuzatishlar kiritilmoqda.
Xususan, saylov (ovoz berish) byulletenlarini berish tartibini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, qonun saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari yuzasidan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutadi. Unga ko‘ra, saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari to‘g‘risidagi oraliq yoki yakuniy hisobotni ciyosiy partiya tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud hisobotda bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish, mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Senatorlarga ko‘ra, qonun har bir fuqaroning teng saylov huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlashga, saylov kampaniyasi vaqtida foydalanilgan davlat budjeti mablag‘lari to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborot taqdim etishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga, siyosiy partiyalarning davlat budjeti mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha moliyaviy hisobdorlik mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp avjiga chiqmoqda: «Bojlar urushi»da AQSh Xitoyni yenga oladimi?
Jahon | 19:30
-
Toshkentdagi yana bir ko‘cha vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 19:12
-
Trampning maxsus vakili Putin bilan uchrashib, Rossiya-Ukraina urushini muhokama qiladi
Jahon | 19:10
-
MDH davlatlarida mashhur bloger EVOS brendi faoliyati haqida ko‘rsatuv tayyorladi
O‘zbekiston | 19:00
Mavzuga oid

08:53 / 27.10.2024
Saylovda ovoz berish jarayoni boshlandi

14:11 / 26.10.2024
Saylovda qanday ovoz beriladi?

12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati

18:48 / 08.10.2024